Suv, Shamol, Olov va Nomus do‘st tutingan edi. Ular hamisha birga yurardi. Lekin ajraladigan, hamma o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan vaqt keldi. Ketish oldidan keyinchalik bir-birlarini qanday topa olishlari haqida fikrlashishdi.
– Biror o‘simlik ko‘kargan joyda men albatta bo‘laman, – dedi Suv.
– Yaproqlar shivirini eshitsangiz, bilingki, men o‘sha yerdaman, – dedi Shamol.
Olov esa tutun bor joyda bo‘lishini aytdi. Birgina Nomus indamay turardi. Do‘stlari undan nimaga belgi-alomatlarini aytmayotganini so‘rashdi.
– Sizlar ajralishingiz va qayta topishishingiz mumkin. Mendan ajralganlar manguga ketadi, men bilan qayta hech qachon birga bo‘lolmaydi, – deb javob berdi Nomus.
Orif tolib tayyorladi
|