O`ziga to`q oilaning yolg`iz qiz farzandi edim. Dadamning tijorat ishlari yaxshi, shu sababli onamning ishlashiga hojat yo`q edi (dadam shunday hisoblardilar). Hech kimdan kam qilmay o`stirdilar, tarbiya berdilar. Sportga ham qatnashtirib, sog`lom ulg`aytirdilar. O`rta ta`lim muassasasini tamomlab, nufuzli universitetlarning biriga, hujjat topshirib, imtihondan o`tdim. Shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. A`lo baholarga o`qib ta`lim ola boshladim...
Bir kuni uyimizga men tanimaydigan, avvallari umuman ko`rmagan dadamning do`sti keldi. Ular juda uzoq vaqt bahslashdilar. Murosaga kelishdi chog`i jimib qolishdi. U odam ketdi. Biz dadamning ishlariga umuman aralashmasdik. Onam doim "bizni boqayaptimi tamom, shuning o`zi etarli. Qaerdan pul topishni o`zi hal qiladi" — derdilar.
Dadam ertasiga ishdan kelib zudlik bilan uyni bo`shatib qo`yishimiz kerakligini buyurdilar. Savol berishga haddim sig`may, buyruqlarini so`zsiz bajarishga kirishib ketdim. Onam esa shunday g`azablanardilarki, dadam bilan bir soatlarcha qattiq janjallashishdi. Ko`z yoshlarim bo`g`zimga kelgan, nima bo`layotganligiga aqlim etmasdi. Dadam miq etmadilar. Boshlarini changallab quyi s
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
«Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat Pushkin!»
Poezd qo`zg`agan onda Baxtiyor bir qalqib tushdi. Boshi vagon ichidagi tutqichga urildi. Peshonasini ushlab yon-veriga alangladi. «Hech kim ko`rmadimikin».
Ro`parasida allaqanday gazetani varaqlab o`tirgan ayoldan boshqa vagonda hech kim yo`q edi. Soat ham o`n birdan oshib qolgan. O`zi bunaqa paytda odam kam bo`ladi metroda?
Baxtiyor cho`ntagidan ro`molchasini chiqarib, lovullab turgan peshonasiga bosdi. Ishqilib, g`urra bo`lmasa go`rgaydi.
Beixtiyor qarshisidagi ayolga tikildi va... tanidi. Bu Saida! Xuddi o`shaning o`zi, boshqa birov bo`lishi mumkin emas.
— Saida!
Bu ismni beixtiyor tiliga ko`chirdi. Ayol cho`chib, avval ikki yoniga, keyin qarshisidagi yo`lovchiga q
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Hayotimda bo`lib o`tgan voqea tufayli bu olam sir-sinoatlarga to`laligiga yana bir bor ishondim...
O`shanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qo`yishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib o`tadigan kanal ham ancha to`lib oqadigan bo`ldi.
— Suv juda ko`payibdi. Kuzda ekilgan bug`doylarni yaxshilab sug`orishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam.
— Ehtiyot bo`linglar, yosh bolalar ko`zimizni chalg`itib, ko`chaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi o`sha kunlari.
— Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir ko`nglim notinch, kechasi suv bo`yiga borganda kalima qaytarib, duo o`qinglar, suvning parilari bo`ladi... Qulo
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Folga ishonmayman, munajjimlarning bashoratiga ham. Ammo tushlarimga… Bu umuman boshqa masala. Hozir boshimdan o`tganlarni aytib beraman, nega tushlarga alohida ixlos qilishimni bilib olasiz…
O`n olti yoshimda kelinlik libosini kiydim. O`n ettimda esa ona bo`ldim. Tug`ruq juda qiyin kechdi. Kesarcha kesish yo`li bilan tug`dirib olishdi va chaqaloq ikkimizning hayotimizni zo`rg`a saqlab qolishdi. Tug`ruqxonada bir hafta yotdik. Hali o`zim ham, o`g`lim ham nimjon edik. Biroq bu bilan hech kim hisoblashmadi. Hamma mendan, hali ona suti og`zidan ketmay ona bo`lgan boladan namunali kelin va har narsaga ulguradigan ayol bo`lishni talab etardi. Qaynonamning pichingu zug`umlari, qaynotamning beparvoligi ustiga erimning berahmligi ham qo`shildi. U onasining chaquvlaridan keyin meni ayamay do`pposlar va ko`chaga chiqib ketar, ichib kelib, qiynoqlarini davom ettirardi.
Alloh o`zi bandasiga sabr berarkan. Murg`ak go`dagim ota mehridan bebahra qolmasligi uchun hammasiga chidadim. Chunki erim o`g`limizni juda yaxshi ko`rardi. Bir kun yana arzimagan narsadan tutaqib meni ura ketdi. Qattiq itarib yuborgandi, devorga boshim b
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Mirfayz dahshatli qichqiriqdan uyg‘onib ketdi. – Alvasti! – deb dodladi xotini Mahzuna. Mirfayz ko‘zlarini ishqalab atrofga alangladi. Qorong‘uda Mahzunaning tepasida qop-qora ko‘lankani ko‘rdi. – Astag‘firulloh! Ey Xudoyim o‘zing asra! – kalima qaytara boshladi. Ko‘lanka g‘alati tovush chiqarib Mahzunani bo‘g‘moqchi bo‘ldi. Ayol bor ovozda chinqirdi. Mirfayz dir-dir titrab nima qilarini bilmasdi. Nihoyat o‘ziga kelib, o‘rnida turdi va yugurib borib chiroqni yoqdi. Xotinining tepasida hamma yog‘ini tuk bosgan, yuzlari burishib ketgan, ko‘zlari chaqchaygan, og‘zidan ikkita so‘yloq tishi chiqib turgan bir mahluq turardi. Mahluqni ko‘rib Mirfayzning rangi oqarib ketdi. Bir amallab o‘zida kuch topib, mahluqqa tashlandi. Mahluq uni yelkasidan ushlab otib yubordi. Mirfayzning boshi shkafga tegib xushidan ketdi. Mahluq unga yaqinlashib bo‘ynidan bo‘g‘a boshladi. Mahzuna chinqirib yubordi. Qo‘shnilar shovqinni eshitib Mirfayzning uyiga yugurishdi. Uyga kirib qarashsa Mirfayz polda cho‘zilib yotar, Mahzuna esa burchakda tizzasini quchoqlab yig‘lab o‘tirardi…
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
KASBIMIZ taqozosi tufayli har kuni turfa tabiatli insonlar bilan uchrashamiz. Ular bilan suhbatlashib, dardu hasratini eshitamiz. Qonun doirasida huquqiy maslahat beramiz. Yaqinda oldimga maslahat so‘rab kelgan onaxonning gaplarini tinglar ekanman, ko‘nglimda ushbu voqeani qog‘ozga tushirish istagi paydo bo‘ldi. O‘yladimki, zora bo‘lib o‘tgan bu voqea kimlargadir ibrat bo‘lib, yana yuz berishi mumkin bo‘lgan bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olsa.
— Turmush o‘rtog‘imning yoshi oltmishni qoralab qolganda yosh juvonga ilakishib qoldi, — deya gapini boshladi onaxon. — Avvaliga bu holatni o‘tib ketar, axir bo‘yi yetib qolgan farzandlarimiz, quda-andalar bor-ku, insof kirib qolar, deb ancha vaqtgacha buni sir saqladim. Baribir bo‘lmadi. “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi”, deganlaridek kun kelib sir ochildi. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘im men bilan qonuniy ajrashib, o‘sha juvonga uylan
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Bir vaqtlar ma’naviyatli insonlar davrasida bo‘lganimda, bobomiz Alisher Navoiy to‘g‘risida bir rivoyat eshitgandim. Ertamiz egalari farzandlarimizga ham o‘qib bering.
Kunlarning birida hazrat Alisher Navoiy huzuriga bir chol kelib, hasratini aytibdi: «…yoshim o‘tdi, jonim Allohga, omonat. Lekin, bir o‘g‘lim bor, uni yaxshi tarbiyalay olmadim, hunar o‘rganmadi, ishyoqmas, dangasa. Agar unga qolsa, mendan keyin uyni sotmoqchi, boshpanasiz qoladi. Bu holat meni tashvishga solmoqda, hazratim yordam bering…”.
Alisher Navoiy, cholni yupatibdi, kelgusida uning o‘g‘liga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini va uy-joyini sotish fikridan qaytarishini aytibdi.
Vaqt o‘tib, chol ham vafot etibdi. Uning vasiyatiga ko‘ra, yetim qolgan o‘g‘il hazratning oldiga kelibdi, kelgusida ota uyini sotib biror savdo ishini boshlamoqchiligini bildiribd
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Bir chol o‘g‘linikiga ko‘chib keldi. O‘g‘li uylangan, to‘rt yashar farzandi ham bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo‘llari qaltirar, ko‘zlari xira ko‘rar, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab yurardi. Oila dasturxon atrofiga to‘plangan paytlari qariyaning ahvoli yanada yomonlashardi. Qoshig‘idan to‘kilgan ovqatlar polgacha tushar, piyolasidagi shirchoy dasturxonni dog‘larga to‘ldirib borardi. Buni ko‘rib xunobi oshgan o‘g‘il va kelin o‘zaro maslahatlashishdi:
– Nimadir qilmasak bo‘lmaydi, – dedi o‘g‘il. – Chapillatib ovqat yeyishi, sut to‘kishi, ovqatlarni har tomonga sochib yuborishi jonimga tegdi.
Er-xotin xona burchagiga bitta kichik xontaxta qo‘yishga qaror qildi. Qariya shu yerda bir o‘zi ovqatlana boshladi. Ikki marta kosa sindirganidan keyin, tunuka talinkada ovqat suzib beradigan bo‘lishdi. Bir kuni bexosdan o‘g‘ilning ko‘zi otasiga tushib qoldi: bechora qariyaning ko‘zlarida milt-milt yosh aylanar, xontaxtaning chetiga tikilganicha tishsiz milklarida ovqatni u yoqdan bu yoqqa olib o‘tirardi. O
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Shifoxonada yoshi ulug‘ kishi davolanardi. Har kuni uni ziyoratiga yosh yigit kelar edi. Qariya bilan bir soatdan ko‘proq vaqt birga bo‘lib, ovqatlanish, yuvinishiga ko‘maklashar va shifoxona bog‘chasida sayir qildirgani olib chiqardi. Mo‘ysafidning boshqa ehtiyoji qolmaganidan ko‘ngli joyiga tushgandagina hotirjam ketardi. Kunlarning birida hamshira ahvolini tekshirish va dori — darmonlarni berish uchun xonaga kirdi. Va:
— MashaAlloh, Alloh sizga shundoq o‘g‘il beribdi. Har kuni ko‘rgani keladi, — dedi. Qariya unga bir karab qo‘ydida, hech narsa demay ko‘zlarini yumdi va:
— Qaniydi, u mening o‘g‘illarimdan biri bo‘lsa?! Bu yigit biz yashagan mahalladagi bir yetim bola edi. Bir kuni uni otasining vafotidan keyin masjidning eshigi oldida yig‘lab o‘tirganini ko‘rdim. Uni yupatdim, holva (shirinlik) sotib olib berdim. Ushandan keyin u bilan na ko‘rishdim, na gaplashdim. Men va ayolim qarovsiz qolganimizni bilib, har kuni ahvolimizdan xabar olish uchun bizning ziyoratimizga keladigan bo‘ldi. Men kasal bo‘ldim. Ayolimni o‘z uyiga eltib, davolatish uchun meni kasalxonaga keltirdi. Undan:
— Ey bolam, nima uchun bizning mashaqqatimizga yelka qo‘yyapsan? — deb so‘radim. U t
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
|