Главная » 2017 » Апрель » 20 » Qiyin ekan xudo bermasa
21:18
Qiyin ekan xudo bermasa

Dunyoni kaftimda tutaman debman. 
Har neda bemalol yutaman debman.
Mardlikda har kimdan ötaman debman.
Birovga bir ishim tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Toğdagi toshlarni talqon qilardim.
Boğlarga gullarni òzim ilardim.
Kulub turganini döst deb bilardim.
Boshimga bir yumush tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Yordam so'raganga jonim tutardim.
Yaqinimdan faqat suhbat kutardim.
Beparvo hussaga qölim siltardim.
Boshimga bir tashvish tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Yoshlikda zo'r ekan yashab qolishlar.
Sevgida o'rtanib kuyub yonishlar.
Bilinmasdi qilsam ham eng qiyin ishlar.
Boshimga bir savdo tushgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Yiğlamasdim xatto oğir kunlarda.
Öylanmasdim xatto yarim tunlarda.
Yaqinlarimga xam qilmasdim zarda.
Boshimga qiyin kun kelgunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Xudodan boshqasi minnatli berar.
Davrada gapirib boshni ham egar.
Dunyoni sinovi jonga ham tegar.
Bandasi shosharkan bergunga qadar.
Qiyin ekan xudo bermasa agar.

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 466 | Добавил: vodiysoz | Теги: ajoyib sherlar olam, omad haqida sherlar, manoli sherlar, tasirli sherlar, qiyin ekan, ibratli sherlar, qiyinchilik haqida sherlar, omatsizlik haqida | Рейтинг: 1.0/2
Всего комментариев: 0
avatar