13:31 Sen ketganingda... |
Bag‘rimda bolish, Bo‘g‘zimda nolish, Burchakda hohish, Sen ketganingda…! Oy yuzi qora, Menman bechora, Ko‘ndim nachora, Sen ketganingda…! Yurak yig‘ladi, Bag‘rim tig‘ladi, Qalbing bilmadi, Sen ketganingda…! Bechora oqshom, Tongim bo‘ldi shom, Aql parishon, Sen ketganingda…! Tilim kalomsiz, Dilim majolsiz, Tongim salomsiz, Sen ketganingda…! Yolg‘iz dunyoda, Qoldim ro‘yoda, G‘amim ziyoda, Sen ketganingda…! Isyonda dilim, Ishsizdir qo‘lim, Aylanmas tilim, Sen ketganingda…! Do‘stimdir qalam, Yetarmi nolam? Zimiston olam, Sen ketganingda…! Yulduz jilosiz, Osmon hilolsiz, Yurak madorsiz, Sen ketganingda…! Uyim xuvillar, Daxshat uvillar, Boshim g‘uvillar, Sen ketganingda…! Yotaman notinch, G‘ichirlaydi sinch, Ezg‘ilar sog‘inch, Sen ketganingda…! Qalbimning yarmi, Yuragim zarbi, Qo‘zg‘aydi dardi, Sen ketganingda…! Muhabbatim bil, Sog‘inadi dil, Qalbga sig‘mas qil, Sen ketganingda…! Tezroq qayta qol, Tugamay majol, Yig‘laydi visol, Sen ketganingda…! O‘ylamas dema, G‘amimni yema, Yurak beega, Sen ketganingda…! Qayg‘ular chuqur, Poygakda g‘urur, Qaytasan, shukur, Sen ketganingda…! Ketmas axdli yor, Bo‘lsa ixtiyor. Qaytmas Baxtiyor, Men ketganimda…! |
|
Всего комментариев: 0 | |