Главная » 2016 » Июнь » 06
Shunday do'st top u sening,
Pulingga do'st bo'lmasin.
Sovg'ayu salomingga,
Gulingga do'st bo'lmasin.
Shunday do'st top yiqilsang,
Tepib o'tib ketmasin.
Mansab yo ayol uchun,
Seni arzon sotmasin.
Shunday do'stlarni ko'rdik,
Arzimas do'st deyishga,
Bilolmaysan ularga,
Nima deb nom qo'yishga.
Shunday do'st top boringda,
Yo'g'ingda ham do'st bo'lsin.
Boshinhdan omad ketgan,
Chog'ingda ham do'st bo'lsin.
Shunday do'st top otang ham,
Qilmagan ishni qilsin.
Akang ukang bo'lmasa,
Yoningda tayanch bo'lsin.
Shunday do'stlarni ko'rdik,
Arzimagan gapni deb.
Yashaydilar qasdlashib,
Bir birini go'shtin yeb.
Shunday do'st top ko'rganlar,
Otangga rahmat desin.
Do'stingga qaraganda,
Sening kimliging bilsin.
Shunday do'st top bir o'zi,
O'ntani o'rnin bosar.
Ortiqcha ig'volaru,
G'iybatlar yo'lin to'sar.
Shunday do'st top ey Ahad,
Shuhrating, nomingamas.
Yuragingni tushunar,
Chin bir inson bo'lsin bas.BATAFSIL...
Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 921 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)

So'rab kelsa do'stlarim mobodo,
u safarga ketdi deb ayting,
so'rab kelsa agar bevafo,
bu dunyodan ketdi deb ayting,
ishonmanglar ko'z yosh to'ksa ham,
boshlab bormang uni qabrimga,
tiriklikda qadrim bilmagan,
endi qanday yetsin qadrimga???BATAFSIL...
Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 874 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)

Ismimni qalbingdan öchir demasman.
Yana ishq mayidan ichir demasman.
Qancha sog'insang ham, qancha kutsang ham.
Yana yonimga qayt, kechir demasman.
Hammasi tugadi jim xayrlashdik.
Kecha tanishgandik bugun ajrashdik.
Qanday baxtli edik, qanday adashdik.
Yana yonimga qayt kechir demasman.BATAFSIL...
Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 878 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)

D-östim senga eslash uchun deb
Ö-lmas dilga yozdim sahifa
S-evgi qalbga tushar yil sayin
T-ayyorladim arzimas sovg'a
I-shingizda rivoj tilayman
M-uhabbatda baxtiyor böling
G-archi qarib 100 kirganda
A-srang buni avaylab qöying!BATAFSIL...
Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 909 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)

Otasining o‘limidan bir fursat o‘tib, ish bilan band
o‘g‘il kasalmand keksa onani qariyalar uyiga
topshirishga qaror qilishdi. O‘g‘il ora-chora
volidasining holidan xabar olib turdi. Kunlar o‘tdi.
Bir kuni qariyalar uyidan qo‘ng‘iroq qilishdi:
vaziyat jiddiy – ona og‘ir ahvolda yotibdi, o‘g‘liga
aytadigan so‘ngi so‘zi bor ekan. O‘g‘il zudlik bilan
uning yoniga shoshdi. Ajal bilan
kurashayotganona temir karavotda holsiz
to‘lg‘anar, o‘g‘il so‘ngi so‘zni eshitmoq uchun
uning lablariga quloq tutdi. “O‘g‘lim, sendan
so‘nggi iltimosim – qariyalar uyi xonalariga
konditsionerlar o‘rnattirib bersang. Qarilik bois
sovuq va issiq kunlarda juda qiynaldim. Keyin, bu
yerga muzlatgich ham olib kelib qo‘y – ba’zida
tunlar uyqim qochganidaaynimagan biror nima topa
olmay, och yotib, qiynaldim.” Onaning o‘tinchidan
hayratda qolgan o‘g‘il unga tikilib qoldi. Shuncha
vaqtdan buyon bu qiyinchiliklarga chidab kelib,
og‘iz ochmasdan, nega umr adog‘ida bu
qulayliklarni ado etishini yolvorayotganini so‘radi.
“Men-ku, bularga chidadim, bolam! Lekin sendan
xavotirdaman. Kun kelib sening bolalaring seni bu
yerga tashlab ketishsa, sening holing nima
kechadi, bolajonim?!” javob qaytardi onaizor.
Muallif: Noma’lumBATAFSIL...
Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1479 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)