Главная » 2016 » Июль » 30

Sevgiga dard qo‘shib kuylaganimda, 
Ko‘nglim sendaligin sezib yashaysan. 
Tunlari yashirin yig‘laganimda, 
Bilaman, sen meni sevib yashaysan. 

Balki o‘ladirman sendan avvalroq, 
Kelmasang mayliga yodingga olib. 
Uyg‘onishimga xalal bersada tuproq, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

Baxorlar o‘tadi, o‘tadi yillar, 
Qalbingga bir huzur topadi yillar. 
O’shanda bizlardan qolsa ko‘ngillar, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

Qabriston ichida kutib yashayman, 
Gohida borib tur onamni olib. 
Men bilan suxbat qur soatlab qolib, 
Sevaman tuproqlar ostida qolib. 

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 871 | Добавил: vodiysoz | Дата: 30.07.2016 | Комментарии (0)

Ayriliq sababi rashk bo'lgan. 
Sog'inchga sabrimni tutganman. 
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan. 
Men seni sog'inmay qo'yganman. 

Armonni o'rgatgan azizam. 
Ko'zingda o'zgani ko'rganman. 
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham. 
Men seni sog'inmay qo'yganman. 

Avvalar sen uchun o'lardim. 
Bugun bu so'zimdan qaytganman. 
Sog'insam oldinga borardim. 
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman. 

G'ururim yengidi sevgimni. 
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman. 
Topib ham bo'lganman tengimni. 
Men seni sog'inmay qo'yganman. 

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 759 | Добавил: vodiysoz | Дата: 30.07.2016 | Комментарии (0)