Folga ishonmayman, munajjimlarning bashoratiga ham. Ammo tushlarimga… Bu umuman boshqa masala. Hozir boshimdan o`tganlarni aytib beraman, nega tushlarga alohida ixlos qilishimni bilib olasiz…
O`n olti yoshimda kelinlik libosini kiydim. O`n ettimda esa ona bo`ldim. Tug`ruq juda qiyin kechdi. Kesarcha kesish yo`li bilan tug`dirib olishdi va chaqaloq ikkimizning hayotimizni zo`rg`a saqlab qolishdi. Tug`ruqxonada bir hafta yotdik. Hali o`zim ham, o`g`lim ham nimjon edik. Biroq bu bilan hech kim hisoblashmadi. Hamma mendan, hali ona suti og`zidan ketmay ona bo`lgan boladan namunali kelin va har narsaga ulguradigan ayol bo`lishni talab etardi. Qaynonamning pichingu zug`umlari, qaynotamning beparvoligi ustiga erimning berahmligi ham qo`shildi. U onasining chaquvlaridan keyin meni ayamay do`pposlar va ko`chaga chiqib ketar, ichib kelib, qiynoqlarini davom ettirardi.
Alloh o`zi bandasiga sabr berarkan. Murg`ak go`dagim ota mehridan bebahra qolmasligi uchun hammasiga chidadim. Chunki erim o`g`limizni juda yaxshi ko`rardi. Bir kun yana arzimagan narsadan tutaqib meni ura ketdi. Qattiq itarib yuborgandi, devorga boshim b
...
Читать дальше »
BATAFSIL...