Главная » 2017 » Май » 07

O`ziga to`q oilaning yolg`iz qiz farzandi edim. Dadamning tijorat ishlari yaxshi, shu sababli onamning ishlashiga hojat yo`q edi (dadam shunday hisoblardilar). Hech kimdan kam qilmay o`stirdilar, tarbiya berdilar. Sportga ham qatnashtirib, sog`lom ulg`aytirdilar. O`rta ta`lim muassasasini tamomlab, nufuzli universitetlarning biriga, hujjat topshirib, imtihondan o`tdim. Shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. A`lo baholarga o`qib ta`lim ola boshladim...

Bir kuni uyimizga men tanimaydigan, avvallari umuman ko`rmagan dadamning do`sti keldi. Ular juda uzoq vaqt bahslashdilar. Murosaga kelishdi chog`i jimib qolishdi. U odam ketdi. Biz dadamning ishlariga umuman aralashmasdik. Onam doim "bizni boqayaptimi tamom, shuning o`zi etarli. Qaerdan pul topishni o`zi hal qiladi" — derdilar.

Dadam ertasiga ishdan kelib zudlik bilan uyni bo`shatib qo`yishimiz kerakligini buyurdilar. Savol berishga haddim sig`may, buyruqlarini so`zsiz bajarishga kirishib ketdim. Onam esa shunday g`azablanardilarki, dadam bilan bir soatlarcha qattiq janjallashishdi. Ko`z yoshlarim bo`g`zimga kelgan, nima bo`layotganligiga aqlim etmasdi. Dadam miq etmadilar. Boshlarini changallab quyi s ... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1030 | Добавил: vodiysoz | Дата: 07.05.2017 | Комментарии (0)

«Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat Pushkin!»

Poezd qo`zg`agan onda Baxtiyor bir qalqib tushdi. Boshi vagon ichidagi tutqichga urildi. Peshonasini ushlab yon-veriga alangladi. «Hech kim ko`rmadimikin».

Ro`parasida allaqanday gazetani varaqlab o`tirgan ayoldan boshqa vagonda hech kim yo`q edi. Soat ham o`n birdan oshib qolgan. O`zi bunaqa paytda odam kam bo`ladi metroda?

Baxtiyor cho`ntagidan ro`molchasini chiqarib, lovullab turgan peshonasiga bosdi. Ishqilib, g`urra bo`lmasa go`rgaydi.

Beixtiyor qarshisidagi ayolga tikildi va... tanidi. Bu Saida! Xuddi o`shaning o`zi, boshqa birov bo`lishi mumkin emas.

— Saida!

Bu ismni beixtiyor tiliga ko`chirdi. Ayol cho`chib, avval ikki yoniga, keyin qarshisidagi yo`lovchiga q ... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 663 | Добавил: vodiysoz | Дата: 07.05.2017 | Комментарии (0)

Hayotimda bo`lib o`tgan voqea tufayli bu olam sir-sinoatlarga to`laligiga yana bir bor ishondim...

O`shanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qo`yishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib o`tadigan kanal ham ancha to`lib oqadigan bo`ldi.

— Suv juda ko`payibdi. Kuzda ekilgan bug`doylarni yaxshilab sug`orishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam.

— Ehtiyot bo`linglar, yosh bolalar ko`zimizni chalg`itib, ko`chaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi o`sha kunlari.

— Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir ko`nglim notinch, kechasi suv bo`yiga borganda kalima qaytarib, duo o`qinglar, suvning parilari bo`ladi... Qulo ... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 571 | Добавил: vodiysoz | Дата: 07.05.2017 | Комментарии (0)