Главная » 2017 » Май » 08 » Charchadim
16:41
Charchadim

Men kutganim kelar qachon?
Sog'inganim bilar qachon?
Kulib menga qarar qachon?
Kutib-kutib charchadim.

Har kun azob yutish menga,
Oson emas kutish menga.
Bir qadamdir ketish menga,
Kutib-kutib charchadim.

Kelmayman deb aytsang edi,
Sevmayman deb aytsang edi.
Kutmayman deb aytsang edi,
Kutib-kutib charchadim.

Bir sen emas azob berar,
Dardim bordir azob berar.
Tushlarimga kirib chiqar,
Kutib-kutib charchadim.

Shamshod qalbi qachon tôlar?
Sevgan yorim qachon kelar?
Kelsa yurak baxtga tôlar!
Kutib-kutib charchadim.

Muallif:Shamshod Safar!

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 537 | Добавил: vodiysoz | Теги: manoli, Charchadim, sevgi haqida sherlar, mazmun, muhabbat xaqida, ajoyib sherlar, armon haqida, tasirli sher, kutish haqida, sog'inch haqida sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar