Главная » 2016 » Апрель » 20 » Insoniylik haqida ajoyib hikoya
16:43
Insoniylik haqida ajoyib hikoya

O’n yoshli bolakay bir kafega kirib stolga joylashdi. Ofitsiant ayol uning oldiga bordi.
— Yong’oq qo’shilgan shokoladli muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
— Ellik sent, — ayol javob berdi.
Bolakay cho’ntagidan tangalarini olib sanadi.
— Hech narsa qo’shilmagan oddiy muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
Ba’zi bir mehmonlar boshqa stollarda kutib qolishdi, ofitsiant ayolga norozilik bildirshni boshlashdi.
— Yigirma besh sent, — qisqa qilib aytdi.
Bolakay yana tangalarini sanadi.
— Men oddiy muzqaymoqni xohlayman, — u qaror qabul qildi.
Ofitsiant ayol muzqaymoqni olib kelib stolga qo’ydi va ketdi. Bolakay muzqaymoqni tugatib, kassaga pul to’lab ketdi. Ofitsiant ayol yeg’ishtirib olish uchun stolga kelganda tiqilib qolay dedi. U yerda 25 sent turar edi – uning choy-chaqasi.

Hech qachon insonning qilgan ishlarini sababini bilmasdan turib, oldindan xulasa chiqarmang!

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1686 | Добавил: vodiysoz | Теги: tasirli hikoyalar, hayotiy hikoyalar, achinarli voqealar, yangi hikoyalar, super hikoyalar, yurakni ezadigan hikoya, insofli odamlar | Рейтинг: 1.0/20
Всего комментариев: 0
avatar