O’n yoshli bolakay bir kafega kirib stolga joylashdi. Ofitsiant ayol uning oldiga bordi.
— Yong’oq qo’shilgan shokoladli muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
— Ellik sent, — ayol javob berdi.
Bolakay cho’ntagidan tangalarini olib sanadi.
— Hech narsa qo’shilmagan oddiy muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
Ba’zi bir mehmonlar boshqa stollarda kutib qolishdi, ofitsiant ayolga norozilik bildirshni boshlashdi.
— Yigirma besh sent, — qisqa qilib aytdi.
Bolakay yana tangalarini sanadi.
— Men oddiy muzqaymoqni xohlayman, — u qaror qabul qildi.
Ofitsiant ayol muzqaymoqni olib kelib stolga qo’ydi va ketdi. Bolakay muzqaymoqni tugatib, kassaga pul to’lab ketdi. Ofitsiant ayol yeg’ishtirib olish uchun stolga kelganda tiqilib qolay dedi. U yerda 25 sent turar edi – uning choy-chaqasi.
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
O‘nqir yo‘lda zahmatlarda qolsam ham,
Sira karvonimdan uzilganim yo‘q.
Bu xayot karvonin bo‘sag‘asida,
Faqat o‘lmoq uchun tug‘ilganim yo‘q.
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Ko'zlar hali ko'rib turganda,
Yurak hali urib turganda,
Oyog'ingiz yurib turganda,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang.
Sokin yashang, osuda yashang,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Tortishuvda bir so'zdan qolib,
Noxush gapni hazilga olib,
Dil ozorni xudoga solib,
O'zingizni ehtiyot qiling!
BATAFSIL...
|
Tarbiya berolmadi, sizga otangiz,
Haromni örgatmadi, sizga onangiz.
Maktab davridanoq, buzilib ketdiz,
Nomahramni körsatib, yigitim dediz.
Nomahramla sevishib, bordiz
bog'larga,
Hatto uyalmasdan, chiqdiz tog'larga.
Yigitiz nafs yölida, sizga chang soldi,
Ön yettiga yetmasdan, nomus
yöqoldi.
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Qalbimga beso‘roq kirgan sevgim tufayli boshimga har xil savdolar tushdi. Yoshim 16 da, shu yil maktabni bitirdim.
8-sinfda o‘qiyotganimda, o‘zimdan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Javohirni sevib qoldim. Ammo unga sevgi izhor qilolmasdim. U bo‘lsa, dugonam Surayyoga sevgi izhor qildi. Bundan battar azobda qoldim.
Baribir, har kuni tongda maktabga oshiqardim. Uni ko‘rib, shukr qilardim. Menga qaraganida, yuragim gursillab urib ketardi. Sevgi tufayli hardamxayol bo‘lib qoldim. O‘qituvchim buni payqab, bir necha marta tanbeh berdi. Netayki, Javohirdan boshqani o‘ylolmasdim. Sinfdosh dugonalarimning har xil gaplari ham meni bu yo‘ldan qaytara olmadi. Qanday bo‘lsa ham, u men uchun yagona edi.
Javohir maktabni bitirdi. Men uning bizdan bir sinf quyida o‘qiydigan singlisi bilan do‘stlashib oldim. U akasini sevishimni eshitib, xursand bo‘ldi. Bu haqda hatto onasiga aytibdi. Onasiga ham ma’qul keldim. Ammo Javohirning o‘zi mening tuyg‘ularimdan bexabar edi.
Bir kuni Javohir singlisidan mening telefon raqamimni olib, o‘rtoqlariga qo‘ng
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Bu tun lablarimda yig'ladi kulgum,
Baxt mendan ketyapdi qochib ilgari.
Ey, mening köksimga sig'magan sevgim,
Aytgil baxtlimisan umrimdan nari?
Hamon hayolingning köchalarida-
Mening xotirlarim chopqilaydimi?
Umringni ming bedor kechalarida-
Hijronim sog'inching tortqilaydimi?
Mendek bahoringda yog'yapdimi qor?
Armonning qöynida uxlayapsanmi?
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Omadimiz kulmasa,
Aytganimiz bulmasa,
Yarim kungil tulmasa,
Baloga qogan TAQDIR!
Umrimiz bulsa hazon,
Orzular bulsa armon,
Kimdir bulsa gar sarson,
Baloga qogan TAQDIR!
Yetim qogan bolaga,
Erta sungan lolaga,
Yurakdagi nolaga,
Baloga qogan TAQDIR!
Ozin kim der aybdor,
Yoq yoq ayblamas zinhor,
Elimizda bir gap bor,
...
Читать дальше »
BATAFSIL...
|
Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki homush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Faromush o'y surib o'tirmay g'amda,
Yashamoq kerak ekan yorug' olamda.
Hech nima demangu faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling maylimi?
Umid mash'aliga bag'ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda she'rimni o'qib men uchun,
Bir SHIRIN TABASSUM qiling maylimi?!!!!!! BATAFSIL...
|
|