14:39 Mustaqillik archasi |
Yurtimning xushsuratiga Ko'rk bergan baland archa, Har yilgidan chiroyliroq Bezangansan ayt, buncha?
Bo'yi-basting xo'p kelishgan, Yarashibsan maydonga. Katta-kichik qo'l ushlashib, Oshiqar sen tomonga.
Kamalakrang chiroqlardan Munchoq taqib oldingmi? Senga intilganlarni Ko'p hayratga soldingmi?
Qo'sh laylaklar qanot qoqib Bayram bilan olqishlar. Seni ko'rmoq uchun ketmay, Qishlab qolganmi qushlar?
O'yin-kulgu avjga mingan, Chehralarda tabassum. Ot o'yinu arg'imchoqlar Bolalar bilan gavjum.
Mo'jizalar o'lkasida Sehrli go'sha misol, Qalblarga quvonch ulashib, Mayli, ertak bo'lib qol.
Zahro Hasanova |
|
Всего комментариев: 0 | |