Главная » 2016 » Апрель » 20 » O'zingizni extiyot qiling
00:37
O'zingizni extiyot qiling

Ko'zlar hali ko'rib turganda,
Yurak hali urib turganda,
Oyog'ingiz yurib turganda,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang.
Sokin yashang, osuda yashang,
O'zingizni ehtiyot qiling!
Tortishuvda bir so'zdan qolib,
Noxush gapni hazilga olib,
Dil ozorni xudoga solib,
O'zingizni ehtiyot qiling!

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 1145 | Добавил: vodiysoz | Теги: qiziqarli sherlar, ajoyib sherlar, maslahatli sherlar, sherlar sayti, sherlar olami, sevgi sherlari | Рейтинг: 1.0/19
Всего комментариев: 0
avatar