Shifoxonada yoshi ulug‘ kishi davolanardi. Har kuni uni ziyoratiga yosh yigit kelar edi. Qariya bilan bir soatdan ko‘proq vaqt birga bo‘lib, ovqatlanish, yuvinishiga ko‘maklashar va shifoxona bog‘chasida sayir qildirgani olib chiqardi. Mo‘ysafidning boshqa ehtiyoji qolmaganidan ko‘ngli joyiga tushgandagina hotirjam ketardi. Kunlarning birida hamshira ahvolini tekshirish va dori — darmonlarni berish uchun xonaga kirdi. Va:
— MashaAlloh, Alloh sizga shundoq o‘g‘il beribdi. Har kuni ko‘rgani keladi, — dedi. Qariya unga bir karab qo‘ydida, hech narsa demay ko‘zlarini yumdi va:
— Qaniydi, u mening o‘g‘illarimdan biri bo‘lsa?! Bu yigit biz yashagan mahalladagi bir yetim bola edi. Bir kuni uni otasining vafotidan keyin masjidning eshigi oldida yig‘lab o‘tirganini ko‘rdim. Uni yupatdim, holva (shirinlik) sotib olib berdim. Ushandan keyin u bilan na ko‘rishdim, na gaplashdim. Men va ayolim qarovsiz qolganimizni bilib, har kuni ahvolimizdan xabar olish uchun bizning ziyoratimizga keladigan bo‘ldi. Men kasal bo‘ldim. Ayolimni o‘z uyiga eltib, davolatish uchun meni kasalxonaga keltirdi. Undan:
— Ey bolam, nima uchun bizning mashaqqatimizga yelka qo‘yyapsan? — deb so‘radim. U tabassum qilib:
— O’sha holvaning mazasi hali xam og‘zimda turibdi, — dedi.
*************
O’rni bo‘lmasa ham, yaxshilikni ekavering…
Yaxshilik qaerga ekilsa ham zo’e bo‘lmaydi.
Oradan ko‘p vaqtlar o‘tsa ham, yaxshilikni faqat ekkan insongina o‘riydi.
Muallif: Ummu Abdulloh
Manba: maslahatim.uz
|