Главная » 2016 » Июль » 08 » Oxirgi bo'sa
21:10
Oxirgi bo'sa

Soniyalar goho soatdir
Soat gohi soniya misol
Sensiz har dam o'limdek bazan
Bazi senla fojiya misol

Afsus chekmam o'tgan kunimga
O'tgan kunlar shirin xotira
Xar bir gaping mening yodimda
U kunlarni unutmam sira

Balki seni yodingda yo'qdir
Qo'lim tutib sayrlar qilgan
Ketar chog'i qiymasdan qarab
Yuzim o'pip xayrlar qilgan

Bilgum bari bari esingda
Bag'rimga bosh qo'yib turganing
Asabingga tegsam gohida
Nozlar qilib labing burganing

Ox qanday zo'r kunlar ediya
Qaytsa jonim berardim beshak
Lekin g'urur egilmam deydi
Yig'lab faryod solsa ham yurak

Qaysarsan sen qaysar mendayin
Bosh egmoqlik o'limdir bizga
Bizlar baxtni tuta olmadik
Endi dardlar qo'nimdir bizga

Fojiyami quvonchmi mayli
Ayrilmoqqa qildikku qaror
Endi sensiz o'tar kuz , qishim
Endi senga mensiz yoz , bahor .

Arzirli kun sanoqsiz edi
Faqat shu kun esimda rosa
Sendan menga so'ngi estalik
Ko'k tepada olingan bo'sa

Senga atab yozmayman bo'ldi
Shudir senga oxirgi misram
Biroq hayron bo'lmagin aslo
Vadam buzib yana sher yozsam !!!

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 869 | Добавил: vodiysoz | Теги: yangi sherlar, qiziqarli sherlar, oxirgi bo'sa, armon haqida, sevgi haqida, super sherlar, sherlar olami | Рейтинг: 1.0/6
Всего комментариев: 0
avatar