Главная » 2017 » Май » 08 » Sensizman
16:21
Sensizman

Baxtimning ildizi qurib bormoqda,
Armonlar kôpincha sherik bôlmoqda.
Dôstu dushman kulib tôymoqda,
Sensizman!

Bir sôz aytolmayman endi tilimdan,
Sevgi nomi ôchgan dilimdan.
Yolg'iz ish ham kelmas qôlimdan,
Sensizman!

Meni tashlab ketding bevafo,
Aytay senga dardim bedavo.
Ojiz qalbga kerakdiz davo,
Sensizman!

Bir bor meni esga olmagan,
Meni ôylab ôyga tolmagan.
Yurakkinam tôxtab qolmagan,
Sensizman!

Sensiz yashash qiyindir menga,
Aytdim qôydim sevishim senga.
Tashlab ketding bevafo nega?
Sensizman!

Kôzim xoxlar kôrmoqlik seni,
Aqlim qôymas unitgin dedi.
Yurak qurg'ur tanlagan shuni,
Sensizman!

Kôngil uzib Shamshoddan!
Kôz yosh tôkding yolg'ondan.
Sevgan edim ox qaydan,
Sensizman!

Muallif:Shamshod Safar!

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 538 | Добавил: vodiysoz | Теги: sog'inch haqida, alamli sherlar, ayriliq sherlari, shoir shamshod safar, tasir, sensizlik haqida sherlar, ajoyib sherlar, armon sherlari, azob haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar