Главная » 2016 » Апрель » 20 » Sevgi...
00:19
Sevgi...

Bu tun lablarimda yig'ladi kulgum,
Baxt mendan ketyapdi qochib ilgari.
Ey, mening köksimga sig'magan sevgim,
Aytgil baxtlimisan umrimdan nari?
Hamon hayolingning köchalarida-
Mening xotirlarim chopqilaydimi?
Umringni ming bedor kechalarida-
Hijronim sog'inching tortqilaydimi?
Mendek bahoringda yog'yapdimi qor?
Armonning qöynida uxlayapsanmi?
Yo Tangrim etmidi seni baxtiyor,
Kimningdir umrida gullayapsanmi?
Yoxud afsuslarni bag'ringga bosib-
Yillarning bag'riga singib ketdingmi?
Telba hislaringdan qaygadir qochib,
Ayriliq dardini yengib ketdingmi?...
Men esa...
Özimning umrimda tözg'ib,
Hatto öngimda ham körayapman tush.
Yolg'izlik yuribdi umrimda izg'ib,
Huvillab yig'laydi- yuragim böm-bösh...
Köksimda har lahza böyini chözib-
G'ururning tog'lari muzlab yotibdi.
Umidim boryapdi umidin uzib-
Bag'rimni alamlar tirnab yotibdi...
Kulsam lablarimni chaqadi chaqin,
Yig'lasam közimdan tökiladi dard...
Sen-chi?
Baxtlimisan könglimga yaqin,
Ötmishim bag'rida yig'layotgan Baxt?..™

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 1246 | Добавил: vodiysoz | Теги: ARMONLI SEVGI, she'r, achinarli sevgi, ayriliq haqida sherlar, sevgi qissasi, sevgi sherlari, sherlar olami, armon sherlari, sherlar | Рейтинг: 1.0/33
Всего комментариев: 0
avatar