Главная » 2016 » Июль » 29 » Siz menga kimu men sizga kim?
20:59
Siz menga kimu men sizga kim?

O'ylamay deymanu bo'lmaydi sira. 
O'ylar surmaslikka o'rganolmayman. 
Bir savoldan ko'nglim tortadi xira 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

Hayotda har kimning o'zin o'rni bor. 
Kimnidir do'st deyman kim esa duwman 
O'zimga so'roqlar beraman takror 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

Hatto begonalar bisyor yo'limda 
Kimlarnidir esa yaqin atayman 
Bir biriga teskari hislar ko'nglimda 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

O'zni osmon bilgan kunlarim behad. 
Osmonimda sizsiz menchi zaminman 
So'roqlar esa hamon bilmaydi sarhad 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

Goho o'ylab qolaman balki sevgi bu. 
Agar shunday bo'lsa ne uchun jimman. 
Shu narsa aniqki dildasiz mangu 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

Qiziq... o'ylaymanu, bari befoyda. 
Faqat bir narsaga to'la aminman 
Bilmadim taqdirdek sirli saroyda 
Siz menga kimsizu men sizga kimman? 

Sizdan javob so'ramayman bu savolga 
Negaki siz ham men kabi jimsiz 
Tuyg'ular yuz tutdi afsus uvolga 
Balki eng yaqinmiz balki hech kimsiz. 

Ko'nglim esa nenidir shivirlar hamon... 

Ushbu she'r bizning vatsap messenjerimizga Osmonzoda tahallusli shoir qizdan keldi

Категория: Sherlar / Qiziqarli / Yangi / Sevgi haqida / Armon haqida | Просмотров: 800 | Добавил: vodiysoz | Теги: Ajoyib, ayriliqlar, sevgi haqida sherlar, ex xayot, haqida malumotlar, qiziq sher, antiqa sher, ayrilganlar, armonlilar, sherlar | Рейтинг: 1.0/6
Всего комментариев: 0
avatar