Главная » 2016 » Июль » 13 » Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi
15:58
Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi

Atir iforini uzoqroq saqlash, uning umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak? Atirning uzoq muddat saqlash uchun qorong`i, havo kirmaydigan joyda saqlash lozim, quyida uning 7 asosiy qoidasi bilan sizni “Lady.mail.ru” nashri tanishtiradi
1. Yorug`likdan asrash
Parfyumeriya xom ashyosi molekulasining tarkibi o`zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi aldegid, spirt, efir, terpen, laktonlardan iboratdir. Quyosh nuri kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayonini tezlashtirishi oqibatida muattar hid yo`qoladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilgan atirlarga maxsus antioksidantlar va kimyoviy jarayonni sekinlashtiruvchi  ingibitor moddasi qo`shilsa-da, bu jarayonni to`xtatishning iloji yo`q. Shuning uchun atirni uzoq muddat saqlashning eng yaxshi yo`li uni qorong`ilikda asrashdir.

2. Qizdirib yubormaslik
Atirlarni saqlashning eng optimal harorati 17-22 daraja bo`lishi lozim. Yuqori harorat suyuqlikning rangini o`zgartirib, uni loyqalantirib qo`yadi, uning hidi ham o`zgaradi, bora-bora sasib qoladi. Aksariyat ayollar atirni muzlatkichda saqlash lozim, deb hisoblaydi. Ammo bu xato fikr. Chunki +5 darajali haroratda asosan aldegid, sitrusli, mushkli reaktiv parfyumeriya mahsulotlarini saqlash mumkin.

3. Havo o`tkazmaslik
Bu qoida pulvizator-spreyi bo`lmagan splesh-atir shishalarga tegishlidir. Bunday shishali atirlardan foydalangandan keyin qopqog`ini mahkam berkitish zarur. Havo tarkibidagi kislorod kuchli oksidlovchi xususiyatga egadir, u parfyumeriya suyuqligi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu jarayonni og`zi ochilgan vinoning tezlikda oksidlanishi bilan tenglashtirish mumkin. Shisha ichida qolgan vino ta`mi bir haftadan keyin o`zgaradi.

4. Namlikni nazorat qilish
Haroratning keskin o`zgarishi ta`sir qilishidan tashqari, atirlarga optimal darajadagi namlik kerak. Atirni namlik yuqori bo`lgan, issiq vannada saqlab bo`lmaydi, aks holda buzilish jarayoni tezlashadi. Issitish batareyasi yonidagi tokcha yoki javon ham yaxshi joy emas, chunki bu erda havo juda quruq bo`ladi. Atirni saqlash uchun eng qulay joy quyosh nuri tushmaydigan, eshigi mahkam yopiladigan shkafdir.

5. Atirni qo`lingiz yordamida surtmang
Pulverizatori bo`lmagan atir sotib oladigan bo`lsangiz, hech qachon atirni barmog`ingiz yordamida surtmang. Chunki atirga teri va unda mavjud yog`lar tushadi, qarabsizki, atirning tarkibi buziladi.

6. Atirni qutisida saqlash shart emas…
Atir sotib olgan kunimiz uni qutisidan chiqarib, qutini irg`itib yuborishga harakat qilamiz. Chunki undan foydalanayotganda har kuni qutidan chiqarishga erinamiz. Qutini olib qo`yasizmi, yo`qmi xohishingiz. Atir kolleksiya qiluvchilar ularni tasniflash  uchungina qutida saqlashadi. Bundan tashqari quti atir shishasini turli shikastlardan saqlaydi. Agar javoningizda 5-6 ta atir shishasi turgan bo`lsa, ularni qutida saqlash shart emas.

7. …saqlash muddatiga ham e`tibor berish lozim
“Iste`molchilar huquqini himoya qilish to`g`risidagi Qonun”ga binoan atirlarning ustida saqlash muddati 3-5 yil deb ko`rsatilgan. Saqlash muddati o`tib ketgan atirlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Oziq-ovqat mahsulotlarining, dori-darmonning saqlash muddati tugagan bo`lsa, ularni tashlab yuborish kerak, ammo  yaxshi sharoitda saqlangan atirlarning umri chegaralanmagan. Bunday atirlarni meros sifatida qoldirib, hatto asrlar davomida ishlatish mumkin. Uning hidi o`zgarishi mumkin, ammo tarkibi buzilmaydi.

Manba

Категория: Qiziqarli malumotlar va faktlar | Просмотров: 848 | Добавил: vodiysoz | Теги: atir tanlash, atirlar royhati, atirlar olami, atirni qanday tanlash kerak, ajoyib yangiliklar, qiziqarli malumotlar, atirni hidini yuqotish | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar