
O’z biznesingizni muvaffaqiyatli yuritmoqchi bo’lsangiz sizda albatta har sohadan bir shingil bo’lishi kerak. Shunday ekan biznes uchun qanday bilimlar, qobiliyatlar va mahoratlar kerak bo’lishini oldindan bilib qo’ysangiz, ulardan qaysilarini o’zingiz qila olishingiz va qaysilarini boshqalarga topshirishingizni aniqlab, rejalab olishingiz mumkin bo’ladi.