22:34 Bola o‘qishni istamayapti: nima qilish kerak? | |
Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar bolalari o‘qishni xohlamayotganidan nolimoqda. Yo‘q, ular darslarga muntazam ravishda qatnayapti, lekin o‘qishga bo‘lgan qiziqish kuchsiz, bu esa ularning baholarida o‘z aksini topmoqda. Bunga sabab nima va vaziyatni tuzatish uchun nima qilish kerak? 1.O‘qituvchi obro‘sining tushishiBarchamiz maktab yillarimizni yaxshi eslaymiz: sevimli o‘qituvchimizning fanini jon-dilimiz bilan o‘qirdik, ammo o‘qituvchini yoqtirmasak, darsga istar-istamas tayyorlanardik. O‘quvchilarning sevimli o‘qituvchisiga aylanish uchun pedagog faqat fanni yaxshi bilishi kifoya emas, bunda boshqa qator xususiyatlar ham rol o‘ynaydi. Bugungi kunda o‘quvchilar talabchanroq bo‘lib qolgandek go‘yo. Balki, bu ulkan hajmdagi axborot bilan bog‘liqdir. Endi unga ega bo‘lish uchun o‘qituvchidan boshqa ko‘plab manbalar ham bor, ulardan asosiysi — Internet. 2. Ma’lumotlarning ortiqcha yuklanishiBu o‘quv jarayonida ham, darsdan tashqarida ham sodir bo‘ladi. O‘quv dasturi yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Katta sinflarda barcha fanlar bo‘yicha darslarni bajarish uchun yarim kun vaqt sarflash kerak bo‘ladi. Shu tufayli ko‘pchilik o‘quvchilarda norozilik paydo bo‘ladi: “Hech narsani o‘qishni xohlamayman, o‘ynashni istayman”. Bunda gap ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynash emas, kompyuter o‘yinlari haqida boradi. Bunday dam charchoqni keltirib chiqaradi, chunki aqliy mehnat jismoniysi bilan almashmayapti. Shu tufayli dars va topshiriqlardan dam olish istagi yuzaga keladi. 3. Umumiy oliy ta’limBir necha o‘n yillar avval oliy ta’limga ega bo‘lish o‘zgacha nufuz hisoblangan bo‘lsa, hozir vaziyat o‘zgardi. To‘g‘ri, bolalar kelajakda qiziqarli kasb sohibi bo‘lishni istaydi, ammo bunda asosiy masala moliyaga borib taqaladi. Qaysidir o‘rtoqlari kabi chet elga sayohat qilish yoki planshet sotib olish — hozirgi o‘quvchilarning orzulari. Shuningdek, ular ota-onalari va ularning tanishlari misolida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tadbirkorning yuqoridagilar uchun imkoniyati bemalol yetayotganiga guvoh bo‘lmoqda. 4. Jazoning yo‘qligiBu, umuman olganda, ijobiy narsa. Axir jismoniy jazo bolaning qalbida uzoq yillar iz qoldirishi mumkin. Ammo avvallari bolalar jazolanishdan qo‘rqib o‘qigan, keyinchalik ota-onasini ikki baho bilan xafa qilishdan va kaltak yeyishdan xavfsiragan. Hozir esa zamonaviy o‘smirlar hech narsadan, jumladan sal bo‘shroq o‘qituvchini yerga urishdan ham qo‘rqmaydi. Farzandlaringizni o‘qishga qiziqtirishning qanday usuli bor?
| |
|
Всего комментариев: 0 | |