06:22 Bolada nutq rivojlanishining orqada qolishi (Chuchchilik) | |
![]() Bolalarda nutq rivojlanishining orqada qolishi juda jiddiy muammo hisoblanadi, biroq ko‘pincha ota-onalar bunga e’tibor bermaydi yoki buni juda kech payqaydi. Bola jismoniy jihatdan yoshiga mos bo‘lsa-da, unda muloqot qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Nutqning shakllanishi bu bir necha bosqichli murakkab jarayondir. Bu jarayonga nafaqat nutq a’zolari, balki eshitish qobiliyati, muhim markaz va mushaklar uchun javob beruvchi asab tizimi ham jalb etiladi. Bola nutqi bosqichma-bosqich rivojlanib boradi: – Yangi tug‘ilgan chaqaloq dastlab faqat yig‘laydi, keyinchalik birinchi «ag‘u»lar paydo bo‘ladi. – 5—6 oylikka kelib bola tovushlarining zahirasi yanada boyib, «mama», «baba» kabilarni talaffuz qila oladi. – 6—8 oylikka kelib, bolaning eshitish qobiliyati ham faol ishtirok eta boshlaydi, bola hayvonlarning tovushlarini qaytara boshlaydi. – 8—9 oylikda bola talaffuz qilayotgan so‘zlarining ma’nosini tushuna boshlaydi. So‘zlarni qanday ohangda talaffuz qilish muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. – 1,5—2 yoshga kelib bola nutqida qisqa jumlalar paydo bo‘ladi. Bular «to‘pni ber» yoki «ovqat yeymiz» kabi oddiy jumlalardir. – 3 yoshda bola nutqi sezilarli darajada boyib, uning so‘z lug‘atida 300—320 ga yaqin so‘z to‘planadi. Undan so‘ralganda, biror hodisa haqida hikoya qilib bera oladi. – 4 yoshdagi bola «qayerda?», «kim?», «qachon?», «nega?» kabi savollardan faol foydalanadi. Uning so‘z boyligi 1200—1500 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. Bola nutqi rivojlanishi kechikishining asosiy sabablari:
Agar siz farzandingizning nutqi uning yoshiga mos emasligini payqasangiz albatta mutaxassisga murojaat qiling. Bunda nevropatolog, logoped va psixoterapevtga murojaat qilish tavsiya etiladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |