Главная » 2016 » Апрель » 26 » Bolaning chizgan rasmi bilan aqliy rivojlanishi
04:24
Bolaning chizgan rasmi bilan aqliy rivojlanishi

P. Maxover psixologning fikricha, bolaning chizgan rasmi uning aqliy rivojlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin ekan.

Yoshi 5 dan oshgan boladan biron odam rasmini chizishini so’rang. «Qanday odam?» desa, aniq javob bermang. «Sen istagan odam», «ixtiyoriy odam», deb javob berish lozim.
Chizgan rasmiga quyidagi ko’rsatkichlarga qarab baho beriladi:

  • Odamning ikki oyog’i bor;
  • Odamning boshi mavjud;
  • Qo’li ikkita;
  • Tana bilan boshi ajratib chizilgan;
  • Tana kengligi va uzunligi proportsional;
  • Yelkalar aniq ko’rinib turibdi;
  • Qo’l va oyoqlar tana bilan to’g’ri ulangan;
  • Qo’l va oyoqlarning tanaga ulangan joyi aniq ko’rsatilgan;
  • Bo’yin mavjud;
  • Bo’yin uzunligi tana hajmiga proportsional;
  • Yuzida ko’zlari mavjud;
  • Yuzida burni mavjud;
  • Og’zi mavjud;
  • Burun va og’zi normal hajmga ega;
  • Burun teshiklari ko’rinib turibdi;
  • Sochlar chizilgan;
  • Sochlar aniq bo’lib, boshni qoplab turibdi;
  • Odam kiyim kiygan;
  • Kiyimning ba’zi qismlari mavjud (shim, ko’ylak);
  • Butun kiyimi aniq ko’rsatilgan;
  • Kiyimda noaniq yoki tushunarsiz buyumlar mavjud emas;
  • Qo’lning barmoqlari mavjud;
  • Har bir qo’lida 5 tadan barmoq bor;
  • Barmoqlar hajmi proportsional bo’lib, tarvaqaylamagan;
  • Katta barmoq aniq ko’rsatilgan;
  • Bilaklar ko’rinib turibdi;
  • Tirsak ko’rinmoqda;
  • Tizzalar ko’rinmoqda;
  • Boshning tanaga nisbatan hajmi proportsional;
  • Qo’llar tanaga nisbatan juda uzun emas;
  • Tovon uzunligi oyoqlar uzunligiga mos;
  • Oyoqlar uzunligi tana uzunligiga proportsional;
  • Qo’l va oyoq uzunliklari proportsional;
  • Oyoqlarda tovon ko’rinib turibdi;
  • Bosh shakli to’g’ri;
  • Tana shakli to’g’ri;
  • Odamning umumiy ko’rinishi ravon;
  • Odam rasmida qo’pol xatolar mavjud emas;
  • Quloqlar mavjud;
  • Quloqlar o’z joyida bo’lib, hajmi to’g’ri;
  • Qosh va kipriklar mavjud;
  • Ko’z qorachig’lari to’g’ri joylashgan;
  • Ko’z hajmi yuz hajmiga mos;
  • Odam to’g’riga qaramoqda, ko’zlar chetga qaratilmagan;
  • Peshona va daxan ko’rinib turibdi;
  • Lablar daxanga ulanib ketmagan.

Farzandingiz rasmida yuqoridagi ko’rsatkichlarning qaysi biri mavjud bo’lsa, 1 balldan berasiz. Hamma ballarni qo’shib quyidagi bolaning yoshiga nisbatan olishi kerak bo’lgan o’rtacha ballar soni bilan solishtirasiz.

5 yosh – 10 ball
6 yosh – 14 ball
7 yosh – 18 ball
8 yosh – 22 ball
9 yosh – 26 ball
10 yosh – 30 ball
11 yosh – 34 ball
12 yosh – 38 ball
13 yosh – 42 ball
14 yoshdan katta – 42 balldan yuqori

Bolaning chizgan rasmiga qo’yilgan ball yoshiga nisbatan o’rtacha balldan qancha ko’p bo’lsa, shunchalik bola aqliy rivojlangan deb hisoblanadi. Va, aksincha, yiqqan ball yoshiga nisbatan o’rtacha balldan pastroq bo’lsa, u holda u bilan ko’proq suhbatlashish, o’yin o’ynash va birga kitoblar o’qish talab etilishi mumkin.

Категория: Bolalar salomatligi | Просмотров: 894 | Добавил: vodiysoz | Теги: Google, bolaga qanday tarbiya berish kerak, bola tarbiyasi, yandex, qiziqarli malumotlar, foydali maslahatl, bolalar salomatligi bolalarni tarbi | Рейтинг: 5.0/16
Всего комментариев: 0
avatar