09:45 Chekishni tashlay olmayotganlarga maslahatlar 2-qism | |
![]() ….Davomi 3. Chekuvchilar haqida. Chekuvchilar har xil odamlardir, ularning chekish uchun bahonalari, sabablari har xil, shularga misollar:
Ammo aslini olib qaraganda hammasining sababi bitta — o‘rganib, odatlanib qolish, nafs. Lekin ko‘pchilik buni tan olgisi kelmaydi. Ko‘pchilikka chekish bahonalariga raddiya bersangiz yoqmaydi, darrov ensalarini qotirishni boshlashadi, shu o‘rinda ensangizni yana bir marta qotirishni hohladik. Demak yuqoridagi bahonalarga raddiyalar: § Siqilganimdan chekaman? eng bo‘lmagur bahonalardan biri, sigaret muammolarni yechishga hech qachon hech kimga yordam bermagan, bundan keyin ham yordam bermaydi. U odamni yengillashtirmaydi ham, aksincha asablarni battar taranglashtirib, diqqatni jamlashga halaqit beradi. Umuman, muammolarni sigaret bilan unutishga harakat qilish bu zaiflik, kuchsizlik belgisi. Muammolar hammada bor, chekayotgan odamning muammolaridan ming marta kattaroq muammolari bor odamlar mavjud, ammo ular o‘z muammolarini sigaret bilan yechishga harakat qilmaydilar. § Xumor tutadi, chiday olmayman? oldin sigaretasiz qanday yashagan edingiz? shuncha sigareta chekmaydigan odamlar qanday yashashyapti? shu savollarni hech o‘zingizga berganmisiz? § G‘arbga taqlid? nega ular sizga taqlid qilmaydi? siz ularga taqlid qilasiz? ularning hayoti aslida qanday ekanligi to‘g‘risida sizda biror bir tasavvur bormi? aksariyat mashhur shaxslar faqat reklama uchun chekib berishadi, undan tashqarida esa chekmaydilar. Siz o‘sha sigaretani sotib oling deb jon jahdlari bilan chiroyli qilib reklama qilishadi, ammo o‘zlari chekmaydilar, chunki biladilar buning nima ekanligini. § Ishim og‘ir, stressda yordam beradi? bo‘lmagan gap, stressni yumshatishni boshqa sog‘lom yo‘llari bor, masalan namoz o‘qish, kofe ichish, 5 minut ochiq havoda dam olish va hokazo. Sigaret ozi shundoq ham og‘irlik tushayotgan organizmga battar zo‘riqish olib kiradi. Ishdan miyya charchasa sigaretdan o‘pka charchaydi. Sigaret stress davosi emas. § Mafia, boevik konilardagi aktyorlarga havas qilib? ularning aksariyati real hayotda shunday baxtsiz kimsalarki, siz tasavvur qila olmaysiz. Ular hayotda aksariyati tushkunlikda, qorog‘uliklarda yashashadi garchi hamma narsalari yetarli bo‘lsa ham. Ko‘pchiliging o‘lim topishi ham ayanchli — yo narkotik moddalarni meyoridan ortiq iste’mol qilishdan, yo OITSdan, yoki bo‘lmasam shunga o‘xshash sabablardan hayotdan ko‘z yumishadi. Ularning qorong‘i, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan tomonlarini muxlislarning aksariyati tasavvur ham qilolmaydilar. Shunday odamlarga taqlid qilish kerakmikin? § Erkak odam chekadi? unda chekmaydiganlar kim? shu gapingizni sport bilan shug‘ullanadigan va chekmaydigan odamlar oldida ayta olasizmi? «chekmayman» deganingizda «erkakmisan» deydigan og‘aynilaringiz shu chekish tufayli kasal bo‘lib o‘pkangiz ishdan chiqqanda «erkak» bo‘lib o‘pkalaridan birini sizga beradilarmi? ikki dunyoda bermaydilar § Ichaman, ichganimda chekishga hohish uyg‘onadi deysizmi? avvalosi ichmaslik kerak deymiz, ichish — hamma yomonliklarning onasi, shunday ekan, ichgandan keyin hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ichgan paytda chekish bilan ham jigarning, ham o‘pkaning, ham miyyaning sho‘rini quritasiz shu, boshqa nima ham deyish mumkin? § Qizlar oldida krutoy ko‘rinish uchun? bo‘magur xomxayol, qizlar chekkan bolani qandaydir shahzoda sifatida ko‘rmaydilar, bu chekar ekan, deb sizga yopishib ham olmaydilar hech qachon. Cheksam qizlar «ooo» deydi, deb o‘ylash bu o‘ta tor dunyoqarash natijasi. Agar chekkanligingiz uchun sizga boshqacha qarasa u qiz normal qiz emas. § Ishxonamda, atrofimda ko‘pchilik chekadi? birov tomdan tashlasa siz ham tashlaysizmi? siz chekish tufayli biror bedavo kasalga chalinsangiz o‘sha ishxonagizdagilar pul yig‘ib sizga yangi o‘pka olib beradilarmi? hech qachon, kelishsa 1 marta kelib ko‘rishadi, o‘lib ketsangiz xudoyingizga kelib oshni paqqos tushurib ketishadi, shu. § Kayf qilish vositasi, shuning uchun chekaman? rohatlanishning sog‘lom, halol yo‘llari juda ko‘p. Sayohatga borish, kitob o‘qish, baliq tutish va boshqalar. bu turdagi rohatlanishlar sigaretdan farqli o‘laroq odam salomatligiga foyda keltiradi. bu haqda oy’lab ko‘rishning vaqti kelmadimikin? Davomi bor … | |
|
Всего комментариев: 0 | |