12:40 Dudlangan baliqli salat - bunisiga nima deysiz?! | |
![]() Zarur masalliqlar: 80-100 gr. dudlangan baliq go`shti, bir bog` salat bargi, bir bog` yashil loviya ko`kati, 5-6 ta mayda pomidor, 4 osh qoshiq quritilgan qovoq danagi. Sous uchun: yarim osh qoshiq xantal (gorchisa) aralashmasi, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 3 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz, murch. Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini yupqa parrak shaklida to`g`rang. Yashil loviyani 10-15 daqiqa tuzli suvda qaynating. 2. Pomidorlarni to`rtga bo`lib, kesing. Salat bargini esa uzunasiga to`g`rang. 3. Sous uchun xantal, soya sousi, limon sharbati va zaytun yog`ini aralashtirib, ta`bga ko`ra, tuz va murch qo`shing. 4. Salat idishiga to`g`ralgan baliq go`shti, pomidor, salat bargi va katta bo`laklarda kesilgan yashil loviya solib, engil aralashtiring. Ustidan tayyor sousni quyib, yana bir marotaba aralashtiring-da, 15 daqiqaga qoldiring. Salatni dasturxonga tortishda ustini qovoq danagi bilan bezating. Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa. | |
|
Всего комментариев: 0 | |