
Egizaklar hayotda bir-birini har xil vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlaydi va bu ularning umr uzoqligiga ham ta’sir etadi.
Daniyalik olimlar guruhi tadqiqot olib borishdi va egizaklar boshqa odamlardan ko‘ra uzoqroq yashashini aniqlashdi. Bu haqda “PLOS ONE’ yozmoqda.
Tadqiqot davomida olimlar Daniyadagi 1870-1900 yillar orasida tug‘ilgan 2932 juft egizakning hayot davomiyligini hisoblab chiqdi. O’shanda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi erkaklarda 45 yosh bo‘lgan. Ammo erkak egizaklarning umri uzoqligi 6 foizga ko‘p bo‘lib chiqdi.
O’sha davrda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 60 yosh bo‘lgan bo‘lsa, egizaklarda bu ko‘rsatkich 10 foizga ko‘p bo‘lgan. Olimlarning fikricha, ular olib borgan tadqiqotlar shunga guvohlik beradiki, egizaklar hayotda bir-birlariga tez-tez yordam berishadi va qo‘llab-quvvatlashadi, masalan opasi yoki akasi uchun yomon odatlardan voz kechadi va boshqalar.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda dunyoda 76 million juft egizaklar bor. Yaponiyada har 246-odam egizagi bilan dunyoga kelgan, AQShda esa har 44-kishi o‘zining egizak juftiga ega.
Ruslan Sulaymonov
Manba: qalampir.uz
|