19:30 Farzandingizni kompyuterdan o‘zoqlashtirishning 6 usuli | |
![]() Kompyuter o‘yinlarining paydo bo‘lishi va ommalashishi jamiyatimizda ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Bolalarning virtual muxitga xaddan tashqari ko‘p qiziqishlari, ularning o‘sishi uchun muxim bo‘lgan: sport, o‘qish bilan shug‘illanish va boshqa shu kabi turli xil foydali faoliyatlarni o‘rnini egallab olmoqda. Bolalar bo‘sh vaqtlarini faqatgina kompyuter o‘yinlari qarshisida o‘tkazishlari, minimum harakat evaziga osongina erishiladigan g‘alaba ehtiyojini qondiradi. Ammo e’tiborni jamlash pasayadi va eshitish qobiliyati umuman yo‘qolib ketadi. Kompyuter o‘yinlari va qurquvlar (fobiyalar), depressiya, ortiqcha tashvishlanish, xamda ijtimoiy adaptatsiyaning buzilishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi hakidagi tadqiqotlar xali aniq nixoyasiga yetmagan bo‘lsada, shuni aniq aytish mumkinki o‘yinlarga ortiqcha bog‘lanish organizmning sog‘lom o‘sish tarziga va bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xolatlarda, ota-onalar va pedagoglar bolani kompyuterdan butunlay maxrum qilishlari kerak emas. Faqatgina kompyuter oldida o‘tkazgan vaqt bilan boshqa faoliyat o‘rtasida, masalan tabiat qo‘yniga chiqish, sport mashg‘ulotlari va xkz, muvozanatni urnatishlari lozim. Bolalarni o‘yinlarga xaddan tashqari ko‘p bog‘lanib qolganliklari va bu muammolarni yechimini topish hakida kitoblar yozgan kuplab yozuvchilar odatda quyidagi shavqatsiz maslaxatlarni beradilar: § bola xonasidagi kompyuterdan xalos bulish; § kompyuterga parol qo‘yish; § xar safar bola o‘yin uynayotganini ko‘rganda kompyuter elektr ta’minotidan uchirish va xkz. Gaykalarni qotirish — samarador uslub emas, negaki siz uyda, bolani oldida bo‘lmagan vaqtingizda, muammo yana yuzaga chiqadi. Xamkorlik va shaxsga xurmat — bu uslub yuqoridagi muammoni va har qanday muammoni yechishning oltin kalitidir. O’yinlarga bo‘lgan ortiqcha qiziqishni kamaytirish uchun, uzingiz namuna bo‘lib, masalan internetdan foydalanishni kamaytiring. Bundan tashqari kompyuter chegaralaridan chiqib, faol hayot bilan shug‘ullaning. Quyida bir necha maslahatlar berilgan: 1. Bolangiz bilan birga uynang! Bu g‘alati eshtilishi mumkin, lekin bolangizdan uning eng sevimli o‘yinini sizga xam o‘rgatishini iltimos qiling. O’yinga baho bering va undagi nimalar sizga aynan yoqgani va yoqmaganini bolaga ayting. Bularni asoslash xam maqsadga muvofik bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda xam bolaga siz yangi narsalarni sinab ko‘rishga tayyor ekanligingizni ko‘rsating. Bolaning qiziqishlariga diqqatli bo‘layotganingizni ko‘rganida, u sizni tinglashni boshlaydi. 2. Ikki xafta davomida kompyuter o‘yinlari uchun aniq vaqtni belgilang. Farzandingizdan o‘yin uchun qancha vaqt ketkizganini xisoblashini ayting. (Yoki buni uzingiz xam bajarsangiz bo‘ladi). Xafta oxirida, bush vaqtning qancha qismi o‘yinlarga ketayotganini uzida aks ettirgan grafikni farzandingizga ko‘rsating. 10% yoki 50%? Bolangiz bu holatga oldin e’tibor bermaganligi ehtimoldan xoli emas va o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganda xayratlanishi ham mumkin. 3. Unga vaqtni qadr-qimmatini, uni kaytarib bo‘lmasligini tushuntiring. Masalan shu vaqtni ichida biron bir mevali daraxtni eksa 10 yildan sung undan meva olish mumkinligini ayting. 4. Farzandingiz va dustlari uchun tabiat ko‘ynida sayr uyishtiring. 5. Farzandingiz tanlovi bo‘yicha uzoq muddatli loyixani boshlang. Ehtimol farzandingizning bir maqsadi bor va u bu maqsadga erishib bo‘lmaydi deb o‘ylasa kerak. Agarda siz bu maqsadi hakida bilsangiz, orzusini ruyobga chiqarishga yordam beraolasiz. Aksariyat bolalar uzoq muddatli loyixalar haqida xech qanday tushunchaga ega emaslar, ammo ularni vaqtlarini rejalashtirishga yoki pulni qanday to‘g‘ri taqsimlashga o‘rgatish mumkin. Balki farzandingiz eski avtomobilni tuzatmoqchidur, bog‘ yaratmoqchidur, bayram uchun kiyim tikmoqchidur va shu kabi qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanmokchidur. Albatta, siz ota-ona sifatida farzandlaringizga bu orzusini amalga oshirishga qo‘lingizdan kelgancha yordam berishingiz kerak. 6. Farzandingizning mustaqil faoliyatini rag‘batlantiring. Virtual o‘yinlarning eng jozibador tarafi shundaki, kam mexnat qilib oz vaqtga bo‘lsa ham biron bir yutuqqa erishsa bo‘ladi. Farzandingiz oz bo‘lsada yutuklarga erishsa ham maktab kuyish esingizdan chiqmasin. Stenford Universiteti ruhshunosi Kerol Dvekaiz o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, bolalarning o‘zlari haqidagi fikri (o‘zlariga baho berishlari), odatda, ular hakidagi katta yoshdagi odamlar fikridan kelib chikadi, asosan ota — onasining fikridan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |