Главная » 2016 » Май » 22 » Hikmatli maslahatlar
09:20
Hikmatli maslahatlar

Rasm yo'qAgarda senda kuchli xotira bo‘lsa  va  unda alamli xotiralar qolib ketgan bo‘lsa, bilginki sen olamdagi  eng baxtsiz insonsan!

Rasm yo'qTog‘ cho‘qqisi kabi bo‘lma, insonlar ko‘zingga kichkina bo‘lib ko‘rinadi, sen ham ularga  kichkina ko‘rinasan

Rasm yo'qBilganlaringni hammasini gapirishing shart emas, lekin hamma gapirgan narsalaringni bilishing kerak

Rasm yo'qQuduqning ichiga tupurma. Bir kun kelib undan ichasan

Rasm yo'qLaqablar  buyuklik olib kelmaydi, balki  insonlar laqablarga buyuklik olib beradi

Rasm yo'qAgar bir olma yerga tushsa,  hamma odamlar : “Yerga olma tushdi”, deydi. Faqatgina bir kishi “Nima sababdan tushdi?”, deydi.

Rasm yo'qDo‘st uchun qurbon bo‘lish qiyin emas, lekin qurbon bo‘lishga arziydigan do‘st topish qiyin

Rasm yo'qHayot katta-kichik toshlarga to‘la. Sen ularga qoqilma, balki ularni to‘plab bir zina bino qil va bu zinadan  muvaffaqqiyat sari ko‘taril

Rasm yo'qBir tomchiga ham beparvo bo‘lma

Rasm yo'qInson hamma sotib olgan narsasini sotib yuborishi mumkin, lekin ko‘ngil qo‘ygan qalbini sotib yubormaydi

Rasm yo'qGohida inson o‘zini oddiy bir inson deb his qiladi. O’sha paytda boshqa bir inson uchun butun olamdek tuyuladi

Rasm yo'qKim Allohni sevsa unga hamma narsa chiroyli ko‘rinadi

Rasm yo'qInson hayoti xuddi ichiladigan qahva kabidir. Uni qancha ko‘p ichsa ham shirin ta’mni his qilaveradi

Rasm yo'qJannat ahli hayoti dunyoda Allohning zikrini qilmay o‘tgan damlariga nadomat qilgani kabi boshqa narsaga nadomat qilmaydilar

Rasm yo'qDo‘stlik soyabon kabidir. Yomg‘ir kuchaygani sari unga ehtiyoj ortib boradi

Rasm yo'qYashashing uchun seni birgina qalb sevsa kifoya

Rasm yo'qHamma narsa ko‘paygan sari arzonlashadi, ammo odob qancha ziyoda bo‘lsa qimmatlashadi

Rasm yo'qXohlaganingday yasha,baribir o‘lasan. Xohlagan odamingni sev, baribir undan ajralasan. Xohlaganingdek amal qil,o‘shanga yarasha mukofot olasan

Rasm yo'qKo‘zdan yosh oqib turgan vaqtda kulishing eng katta beodoblikdir

Rasm yo'qEng to‘g‘ri xafalik yig‘lab turgan ko‘zlardagi tabassumdir

Rasm yo'qYomg‘ir tomchisi toshni o‘yadi. Takrori sababli, qo‘polligi bilan emas

Rasm yo'qEzgu fazilat dunyo xazinalarining eng qimmatbahosidir

Rasm yo'qYomonlikni o‘z qalbingdan sug‘urib tashlash orqali birovning qalbidan ketkaz

Rasm yo'qInson dushmanni do‘st deb bilishi yaxshi, lekin dushmanni do‘stga aylatirishni xohlamasdan, qalbida dushmanchilikka joy qoldirmasligi undan ham yaxshi

Rasm yo'qYiqilish ayb emas, lekin turolmaslik ayb

Rasm yo'qYasminni ming marta o‘ldirsak ham uning shirin xidi atrofga taralaveradi

Odamlarni farishta deb bilma, orzularing barbod bo‘ladi. Ularga ko‘r-ko‘rona ishonma, bir kun kelib soddaliging uchun yig‘laysan

Rasm yo'qBir toshga ikki marta qoqilish sharmandalikdir

Rasm yo'qZakovatni chegarasi bor, lekin jinnilikning chegarasi yo‘q

Rasm yo'qDushman zarbasi jismni qon qiladi, do‘stning zarbasi qalbni qon qiladi

Rasm yo'qInsondagi ko‘z yoshi bejizga yaratilmagan, Alloh  mahzunlik iztirobini biluvchidir

Rasm yo'qYutqazsang ham harakat qilishing sharaf uchun kifoya

Rasm yo'qO’tmish xatolaringni ko‘p o‘ylama, ular o‘tmishingni jahannamga, kelajagingni esa o‘tinga aylantiradi. Ularni bir marta eslashing yetarli, shuni o‘zi senga   to‘g‘ri yo‘lda yurishing uchun   turtki bo‘ladi

Rasm yo'qHar  qanaqa ne’matga hasad qilinadi

Rasm yo'qInsonning odobi oltinidan yaxshiroq

Rasm yo'qKim senga yomonlik qilishingda yordam bersa dushmaningdir

Rasm yo'qDo‘stlik qoyadir, uni faqatgina xiyonat parchalay oladi

Rasm yo'qAgar boyo‘g‘lida yaxshilik bo‘lganda ovchilar uni ovlagan bo‘lardi

Rasm yo'qBiz o‘zimiz bilmaydigan narsalar haqida ko‘p gapiramiz

Rasm yo'qInsonning o‘zi haqidagi fikrlari, boshqalarning  fikrlaridan muhimroqdir

Rasm yo'qOna qiziga o‘z eridan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan juft topishni xohlaydi.  Va u ishonadiki, o‘g‘li hech qachon o‘ziga onasidek juft  topolmaydi

 

Категория: Foydali maslahatlar/Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1004 | Добавил: vodiysoz | Теги: super maslahatlar, ajoyib yangiliklar, hikmatli maslahatlar, qiziqarli faktlar, qiziqarli malumotlar, Foydali maslahatlar, kerakli maslahatlar, foydal | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar