16:59 Hindistonda suv parisiga o`xshash bola dunyoga keldi (FOTO) | |
![]() Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Saxaranpur shahrida 22 yoshli ayol kamdan-kam uchraydigan sindrom, oyoqlari qo`shilib ketgan, suv parisiga o`xshash bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda “Topnews.ru” nashri xabariga asoslanib �Darakchi� ma’lumot bermoqda.
Chaqaloqning tanasi baliqning tanasini, qo`llari suzg`ichni eslatadi. U bor-yo`g`i 10 daqiqa umr ko`rdi. Bolaning onasi homiladorlik vaqtida hech nimadan shikoyat qilmagan, faqat so`nggi ultratovush tekshiruvi bolaning buyraklari rivojlanmaganini ko`rsatgan. Chaqaloqning bunday tug`ilishiga onasining ko`p miqdorda dori-darmon iste`mol qilgani, vitamin tanqisligi, genetikasi va qon aylanishida muammolar bo`lgani sabab bo`lgan. Bunday holda jarrohlik operasiyasi o`tkazishning hech qanday iloji yo`q, ba`zi bir hollardagina buyrakni ko`chirib o`tkazish mumkin, ammo bu narsa bolaning hayotini saqlab qolishga kafolat bo`la olmaydi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |