Главная » 2016 » Июль » 24 » iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi
18:41
iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

Apple iPhone 7s’ni chiqarmasdan turib, 2017-yilda birato‘la iPhone 8’ni taqdim etadi, u shisha korpus, OLED-ekran va 10 nanometrli texnologiya bo‘yicha yasalgan chipsetga ega bo‘ladi. Bu haqda taniqli tahlilchi San Chanju o‘zining Weibo akkauntida ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.


Samsung’ning chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatidan uning asosiy raqibi voz kechishga qaror qildi. iPhone 8 uchun OLED-ekranni esa aynan Samsung yetkazib berishi taxmin qilinmoqda.Ekspertning ta’kidlashicha, iPhone 8 Apple A11 protsessoriga ega bo‘ladi. Digitimes xabariga ko‘ra, Taiwan Semiconductor Manufacturing Company bunday protsessorlarning yagona yetkazib beruvchisiga aylanadi, ular FinFET o‘n nanometrli texnologik jarayonni qo‘llagan holda tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Apple alyuminiy korpusdan voz kechib, uni shishaga almashtiradi. 20-iyul kuni taqdim etilgan Corning Gorilla Glass 5 smartfonning nihoyatda pishiq bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, iPhone 8’ning yon chetlari qayrilgan bo‘ladi, ammo ularda Samsung Galaxy S7 edge’dagi kabi qo‘shimcha elementlar bo‘lishi-bo‘lmasligi noma’lum.

Manba: daryo.uz

Категория: Mobil telefonlar dunyosi - Mobil olam | Просмотров: 783 | Добавил: vodiysoz | Теги: telefon narxlari, ayfon 8 narxlari, yangi telefon, ayfon 8 korinishi, iPhone 8, telefon sirlari, iphone haqida, ayfon rasmlari, iphone rasmlari | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar