Главная » 2016 » Апрель » 22 » Jozibador bo'lishni istaysizmi? unda 10ta oddiy maslahat oling
21:38
Jozibador bo'lishni istaysizmi? unda 10ta oddiy maslahat oling

Biz kun bo‘yi uyda o‘tiramizmi yoki har kuni muhim shartnomalar imzolaymizmi, barchamiz jozibador bo‘lishni istaymiz. Bunga har bir kishi o‘ziga xos yo‘l bilan erishadi. Biroq shunday hammaga mos keluvchi usullar borki, ularga amal qilgan kishiga atrofdagilarning o‘zi muloqot qilish uchun shoshiladi. Quyida keltirilgan tavsiyalar juda oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, ularning ish berishiga ishonchimiz komil.

  1. Tabassum qiling

Ko‘proq tabassum qilishga harakat qiling. Yuzingizda tabassum aks etganda siz do‘stona va samimiy inson sifatida taassurot uyg‘otasiz. Bunday holatda kishilarning siz bilan muloqot qilishi qulayroq va yoqimliroq bo‘ladi. Nimani his qilayotganingizdan qat’i nazar jilmayib yurishga harakat qiling. Dastlab o‘zingizni majburlab jilmaysangiz, keyinroq kayfiyatingiz o‘z-o‘zidan ko‘tarilib borayotganligini payqaysiz.

  1. Soch turmagingizga e’tiborli bo‘ling

Sizning sochlaringiz bu sizning tojingizdir! Ularga e’tibor bering. Sochlaringiz doim ozoda va tartibli bo‘lsin. Ularni kaltalatib turishni unutmang, bu ularning sog‘lomligi uchun ham zarurdir.

sochlar

  1. O‘zingizga mos kiyim kiying

Doim nima kiyayotganligingizga ahamiyat bering. O‘zingizga mos keladigan liboslarni xarid qiling. O‘lchami sizga mos bo‘lmagan, juda keng yoki juda tor kiyimlar sizga g‘alati ko‘rinish beradi.

  1. Suhbatdoshingizni ko‘ziga qarang

Muloqot davomida suhbatdoshingizning ko‘ziga qarab turishingiz unda siz uchun muhimlik hissini paydo qiladi.

  1. Ishonch bilan harakat qiling

Qadam tashlayotganingizda ishonchli harakat qiling. Harakatlanish chog‘ida oyoqlaringizga emas, oldinga qarang.

  1. Sizdan yoqimli hid taralsin

Yoqimsiz hid kelayotgan kishi hech kimga yoqmaydi, albatta. Oddiy qoidalarga amal qiling: har kuni dush qabul qiling, dezodorantdan foydalaning, tishlaringizni muntazam yuving. Atirdan keragidan ortiq foydalanib yubormang, suhbatdoshingizning o‘tkir hidlarga allergiyasi bo‘lishi mumkin.

  1. O‘zingizni xotirjam his qiling

Siz doim boshqalar siz haqingizda qanday o‘ylashi haqida qayg‘urasizmi? Bu odatga qarshi kurashish kerak. O‘zingizga ishoning va xotirjam bo‘ling. Odamlar bilan ochiq muloqot qiling. Chunki asabiylik odamlarni sizdan uzoqlashtiradi.

  1. Hazilkash bo‘lishga harakat qiling

Kulgu eng yaxshi dori vositasi deb bejiz aytilmagan. Siz kulganingizda odamlar o‘zini xotirjam his qiladi. Agar siz kishilarni kuldira olsangiz ularni biroz bo‘lsa-da baxtli qilgan hisoblanasiz. Shunda kishilar siz bilan mamnuniyat bilan muloqot qiladi.

kulgu

  1. Savollar bering

Tinmay o‘zingiz haqida gapiravermang. Siz odamlarning fikri bilan qiziqsangiz, ular o‘zining siz uchun muhim ekanligini his etadi. Biroq muloqotni g‘iybat bilan adashtirmang, noo‘rin savollar bermang.

  1. Yorqin kiyimlar kiying

Yorqin kiyimlar e’tibor jalb qiladi. Shuningdek, bunday liboslarda o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi. Asosiysi tanlagan rangingiz yuzingiz rangi va borayotgan joyingizga mos kelishiga ahamiyat qarating.

Категория: Foydali maslahatlar/Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1188 | Добавил: ziyo-musiccom | Теги: yuzni parvarish qilish, ayollar uchun, kosmetologiya, ayollar bo'limi, kerakli maslahatlar, qiziqarli olam, Foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/10
Всего комментариев: 0
avatar