Главная » 2016 » Июнь » 6 » Kanadalik fuqaro milliy lotereyada 5,4 million dollar yutib oldi
15:17
Kanadalik fuqaro milliy lotereyada 5,4 million dollar yutib oldi
Kanadaning Ontario provinsiyasida yashovchi
noma‘lum fuqaro eng ommabop lotereyalardan
biri “49 dan 6” da 7 million Kanada dollari (5,4
million AQSh dollari) yutib oldi. Bu haqda 5-
iyun, yakshanba kuni Atlantic Lottery
assotsiatsiyasi vakili ma‘lum qildi, deb xabar
beradi “TASS”.

Tashkilotchilarning aniqlik kiritishicha, yutuq
chiqqan raqamlar — 3, 4, 6, 10, 18 va 26, bonus
son — 14. Bundan tashqari, yana bir omadli
fuqaroga “tasalli beruvchi” sovrin sifatida 1
million Kanada dollari (770 ming AQSh dollariga
yaqin) yutuq chiqqan. Ikkinchi yutuqli chipta
Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida sotilgan.
May oyi oxirida Yangi Shotlandiya provinsiyasi
fuqarosi shu lotereyada 9,8 million Kanada
dollari (7,54 million AQSh dollari) yutib olgan
edi, “tasalli beruvchi” chipta esa Ontarioda
sotilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 626 | Добавил: versign_uz | Теги: latoreya o'yini | Рейтинг: 5.0/9
Всего комментариев: 0
avatar