Главная » 2016 » Июль » 29 » Kelin seriali voqealar rivoji haqida
06:46
Kelin seriali voqealar rivoji haqida

Talablarga binoan Kelin seriali Voqealar rivoji: Serial Banoras degan kichkina qishloqdagi Vidya ismli bir go'zal, oddiy va sodda qiz haqida. U amakisi, xolasi va amakivachchasi bilan yashaydi. Ular Vidyani savodsiz qoldirib, Vidyaga ta'lim olish imkonini bermaydi. Tez orada janob Thakur o'g'li Sagarga rafiqa topish uchun Banorasga keladi. U Vidyani birinchi ko'rgandayoq uni kelin qilish qaror qiladi. To'y bo'ladi. To'y kunida Vidya Sagar yosh bolaning kayfiyatini ega, ruhiy beqaror ekanligidan xabar topadi. Sagarning o'gay opasi Sindura bu nikohga qarshi edi. Aslida, u Sagarni o'ldirish uchun avtomobil halokati uyushtirgan, lekin bu harakati muvaffaqiyatsiz bo'lgandi. Chandra va Mahua Sinduraning singillari. Sindura ularga Vidyani doim bezovta qilinglar, unga kun bermanglar deydi. Sindura Vidyani uydan haydashga ko'p urinadi, unga bir qancha muammolar keltiradi. Lekin, uning sahiy eri Aniket va o'g'li Bharat Vidyaga yordam qo'lini cho'zadi. Aniket va Bharat ikkalasi Sagar va Vidyani birga ko'rishni istaydi. Vidya Sagarni davolatish uchun Sagar bilan Singapurga boradi. Operatsiya muvafaqqiyatli bo'ladi. Ammo Sagar avtohalokatdan keyin hech narsani eslay olmasdi va u Vidyani xotini sifatida tan olmaydi. Keyinchalik, uning xotirasi tiklanib bo'lgan voqealar Sinduraning nayranglari ekanligini tushunadi. Sindura eri Aniketni qamatadi, Sagar va Vidyani esa jarlikka itarib o'ldiradi. Oradan 21 yil o'tdi Sagar va Vidya o'limi kechasi Amar va Divya sifatida qayta tug'ilgandi. Divya Londondan zamonaviy boy qiz Amar esa Banorasdan edi. Amar va Divya keyinchalik barcha voqealarni eslaydi.

Категория: Kelin seriali / seriallar haqida / voqealar rivoji | Просмотров: 1774 | Добавил: vodiysoz | Теги: kelin seriali haqida malumotlar, kelin oxiri nima boladi, kelin hind seria, kelin seriali tugashi, kelin seriali voqealar rivoji, kelin seriali haqida | Рейтинг: 5.0/32
Всего комментариев: 0
avatar