05:33 Kiyimdagi dog'larni o'zimiz ketgazamiz (Uy sharoyitida) | |
![]() Ba'zi paytlarda ayollarimiz dog'larni qanday ketkazish mumkinligi haqida o'ylanib qoladilar bugun saytimizda turli xil dog'larni qanday usullar bilan ketkazish haqida so'z yuritamiz
Dog‘ yangi bo‘lsa…Kir sovun Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog‘ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog‘ joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o‘rab qo‘ying), so‘ng oddiy usulda yuvib tashlang. Shakar va kir sovun Dog‘ bo‘lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho‘tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi. Tuz Kiyimda dog‘ paydo bo‘lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so‘ng yuvib tashlang. Bo‘r kukuni Bu usulni paxta tolasi, zig‘ir tolasidan bo‘lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo‘llash mumkin. Dog‘ bo‘lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO‘ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving. Ammiak U och rangli sun’iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho‘llab, dog‘ bo‘lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo‘yib, o‘rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing. Kraxmal Kraxmal kukunini olib, dog‘li joyni u bilan ishqalang, o‘n daqiqacha kutib, so‘ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang. Idish-tovoq yuvish vositasi Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog‘ joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang. Dog‘ eski bo‘lsa…Benzin Eski dog‘ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog‘ozni benzinda namlang, uni dog‘li kiyim tagiga qo‘ying, ustini esa benzinda ho‘llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig‘ir tolasidan gazlamalardan dog‘larni ketkazish mumkin. Tuz Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog‘li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so‘ng odatdagidek yuvib tashlang. Kraxmal Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog‘ ustiga suring. U dog‘ni o‘ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang. Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi Masalliqlarni tish pastasidek bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog‘li hududga suring, so‘ng cho‘tka bilan ishqalab, o‘n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang. Sirka Sirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang. Koka-kola Yog‘li dog‘ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog‘li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang. | |
|
Всего комментариев: 0 | |