16:44 Ko‘rish qobiliyatini rivojlantiruvchi 10 mashq | |
![]() 1. Ko‘zlarni 2 daqiqa mobaynida juda tez bo‘lmagan holda pirillatish – bu mashq ko‘zlarning ichki qon aylanish tizimini normallashtirishda yordam beradi. 2. O‘rgimchak odam — bu mashq xonadan tashqarida yoki yorug‘ xona ichida bajarilib, mashq uchun biron bir buyum (xonadan tashqarida to‘nka yoki daraxt) mo‘ljal sifatida tanlab olinadi. O‘tkir ko‘rish rejimida, hayolan ko‘z bilan usha ob’ekt atrofida aylaniladi. Avval ko‘z o‘ng tarafga qaratilib, keyin qarashlar to‘g‘riga yunaltiriladi. Xuddi shu tariqa, mashq teskari yunalish buyicha ham qaytariladi. 3. Qorong‘ulikni his qilish – bu mashq qo‘l bilan galma — gal ko‘zlarni yumib, dam oldirgan holda bajariladi. Qorong‘ulikda, ko‘zga berilgan bosim, yorug‘lik xujayralarini rivojlantirishda eng yaxshi vosita sanaladi. 4. Chap va o‘ng, tepa va pastga nisbatan boshini aylantirish — bu mashq qon aylanishi faoliyatini aktivlashtiradi. 5. 8 doira mashqi — chap va o‘ng, past va tepa, xuddi 8 doira bo‘yicha qarashalarni aralashtirish. Bu mashq, ko‘z fokusida ilg‘ab olish salohiyatini oshiradi 6. Ko‘zlarni 7 marotaba, 3-5 soniyaga qisib qayta ochish – bu mashq ko‘z mushaklarini bo‘shashtirishga va qon aylanishi yaxshilanishiga yordam beradi. 8. Qovoqlarni bosish — qovoqlar barmoq bilan sekin astalik 2 soniyaga bosib turiladi. Bu seriyali mashq 4-5 marotaba qaytarilsa, ichki ko‘z suyuqligi bosimi faoliyatini normallashuviga yordam beradi. 9. Ko‘z yumilib, ko‘z qorachig‘i 5-10 marotaba tepa — pastga sekinlik bilan harakatlansa, qo‘rish qobiliyati oshishga yordam beradi. 10. Ochiq ko‘z bilan havoda oddiy geometrik figuralarni chizish, keyin qiyin ob’ektlar va masshtablik kompazitsiyalarni chizish ham fokusning normal faoliyatini ta’minlaydi. Muhim eslatma. Ko‘zni quvvatlantirish uchun kuniga 10 daqiqa vaqtni ayamang. Agar ko‘zni quvvatlantirish davomiy amalga oshirilsa, aminmanki ko‘rish qobiliyatingiz yaxshilanib, akulistga murojaatingiz ancha uzoqlashadi. Keltirilgan 10 mashqning barchasini bajarish majburiy emas, o‘zingizga ma’qul kelgan 5 mashqni xar kuni 10 daqiqa bajarsangiz kifoya.
| |
|
Всего комментариев: 0 | |