Главная » 2016 » Май » 30 » Meksika terma jamoasining o‘g‘irlab ketilgan futbolchisi qutqarib olindi
13:35
Meksika terma jamoasining o‘g‘irlab ketilgan futbolchisi qutqarib olindi
Gretsiyaning “Olimpiakos” va Meksika milliy terma
jamoasi hujumchisi Alan Pulido uni o‘g‘irlab ketgan
kishilar qo‘lidan qutqarib olindi. Bu haqda TASS
Associated Press’ga asoslanib xabar berdi.

25 yoshli futbolchi Syudad-Viktoriya shahridagi dam
olishi chog‘ida qiz do‘sti bilan kechalardan biriga
tashrif buyurgan. Kechadan qaytishi chog‘ida esa uni
o‘g‘irlab ketishgandi. O‘g‘rilar Pulidoning mashinasini
to‘sib qo‘yishgan, futbolchi undan tushishi bilan esa
ishni amalga oshirgandi.
Tamaulipas shahri politsiyasi bayonotiga ko‘ra, Alan
Pulidoni qutqarish operatsiyasi yakshanbadan
dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Ayni vaqtda
hujumchi shifoxonada, vrachlar nazorati ostida bo‘lib
turibdi.
Ma’lumot uchun, 2014-yilgi jahon chempionatida
Meksika terma jamoasi sharafini himoya qilgan Alan
Pulido, 2015-yildan buyon Gretsiyaning “Olimpiakos”
klubi sharafini himoya qiladi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 711 | Добавил: versign_uz | Теги: Sport | Рейтинг: 5.0/10
Всего комментариев: 0
avatar