Главная » 2016 » Апрель » 21 » Mevalarga yopishtirilgan yorliqchalar nimani bildiradi?
04:24
Mevalarga yopishtirilgan yorliqchalar nimani bildiradi?

Bananga yopishtirilgan “nakleyka”larni ko‘rgansiz. Ammo bu kod nimani bildirishi haqida xabaringiz bormi?

1. Agar 4 xonali kod 3 yoki 4dan boshlansa, meva intensiv qishloq xo‘jaligida yetishtirilganligini, shuningdek, o‘g‘it va pestitsid solinganini bildiradi.

289_331x500

2. Agar mahsulot kodi 5 xonali bo‘lib 9dan boshlansa, ota-bobomizdan qolgan ming yillik usulda yetishtirilganligini bildiradi. Bu organik uslubdir, boshqachasiga aytganda kimyoviy o‘g‘it va pestitsid qo‘shilmagan. Bahuzur yeyavering, osh bo‘lsin.

3. Agar meva kodi 5 xonali bo‘lib 8dan boshlansa, genetik o‘zgartirilgan bo‘ladi. Ruschasi GMO, o‘zbekchada esa GO‘M (genetik o‘zgartirilgan mahsulot) deyiladi. Ehtiyot bo‘ling.

Категория: Qiziqarli malumotlar va faktlar | Просмотров: 744 | Добавил: vodiysoz | Теги: mevalar haqida, yangi xabarlar, bananlar haqida, super maqolalar, qiziqarli malumotlar, etiketga nega yopishtiriladi, kun yangil, mevalar etiketkalari | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar