Главная » 2016 » Июнь » 8 » Misrda qabilalararo to‘qnashuvlarda qatnashgan 25 kishi o‘lim jazosiga mahkum etildi
06:57
Misrda qabilalararo to‘qnashuvlarda qatnashgan 25 kishi o‘lim jazosiga mahkum etildi
Misr sudi 7-iyun, seshanba kuni ikki yil avval mamlakat
janubidagi qabilalararo to‘qnashuvga aloqador 25 kishiga
nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini tasdiqladi, deb yozadi
“TASS” “Al-Ahram” nashriga tayanib.

Misrdagi yuridik amaliyotga muvofiq, ayblanuvchi o‘limga
mahkum etilsa, hukm birinchi marta o‘qib eshittirilgach, hujjatlar
mamlakat oliy muftiysiga imzolash uchun yo‘naltiriladi, agar u
tasdiqlansa, sud yakuniy hukmni o‘qib eshittirishga majbur.
Sud 2014-yil aprelida Qohiradan janubdagi Asuan shahri
tashqarisida joylashgan qishloqda ikkita oila o‘rtasidagi
ommaviy to‘qnashuvlar haqidagi ishni ko‘rib chiqdi. O‘shanda
arablarning Bani Halol va nubiylarning Dabudiya qabilalari
o‘rtasidagi mojaro qabilalardan biriga tegishli qizga jinsiy
zo‘ravonlik qilinishi natijasida kelib chiqqan va 28 kishining
o‘limiga olib kelgan edi.
Ish bo‘yicha jami 163 kishi sudlandi, ularning 138 nafari uch
yildan bir umrgacha bo‘lgan turli muddatlarga qamaldi.

VoyNavo.Uz ®
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 830 | Добавил: versign_uz | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar