Главная » 2016 » Май » 29 » Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok bo‘ldi
10:04
Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok bo‘ldi
Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok
bo‘ldi. Bu haqda, Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha
poytaxt boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi

Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, hodisa Moskva temir
yo‘lining Kursk yo‘nalishidagi “Podolsk” stansiyasida yuz
bergan. Eshiklari yopilgan poyezdga chiqishga uringan erkak
avtomatik eshiklarning oynasini sindirgan. Oqibatda olgan tan
jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirgi paytda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ish olib
borayotganligi ta’kidlanmoqda. Ular yuz bergan hodisa sabab va
vaziyatlarini aniqlamoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 657 | Добавил: versign_uz | Рейтинг: 5.0/9
Всего комментариев: 0
avatar