Главная » 2016 » Июль » 5 » Moskvaning halol restoranlari Hayit munosabati bilan barchaga shirinliklar ulashadi
21:05
Moskvaning halol restoranlari Hayit munosabati bilan barchaga shirinliklar ulashadi

Ramazon Hayiti kuni Moskvadagi 15 ta halol restoran mehmonlarga bepul shirinliklar ulashadi. Bu haqda, shahar musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.


“Ramazon oyi tugaganidan so‘ng bir necha kun mobaynida musulmonlar dasturxon yozib, yaqinlarini, qarindoshlarini, hamkasblarini mehmon qiladi. Biz bu odatga sodiq qolamiz. Shu tariqa, shahar Ro‘za Hayitini islom an’analariga ko‘ra, mehmondo‘stlik ruhida nishonlash uchun ulkan maydonga aylanadi”, — qo‘shimcha qilinadi matbuot xizmatida.“Faqat 5-iyul kuni muborak Ro‘za Hayiti munosabati bilan Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi halol restoranlar uyushmasi bilan hamkorlikda saxiy hadya beradi: poytaxtdagi halol restoranlarning barcha mehmonlariga shirinliklar ulashiladi”, — deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq diniy boshqarma Ramazon Hayiti munosabati bilan mahbuslar va harbiy xizmatchilarga 1,5 ming sovg‘a ulashishi ma’lum bo‘lgan edi.

Manba

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 715 | Добавил: vodiysoz | Рейтинг: 5.0/12
Всего комментариев: 0
avatar