Главная » 2016 » Август » 9 » Nega sevimli ishimizda ham yaxshi pul topa olmaymiz?
10:32
Nega sevimli ishimizda ham yaxshi pul topa olmaymiz?

BIRINCHI – bu ochiq-oydin ravshanki, siz to‘liq mamnun bo‘ladigan va boshqalar uchun ahamiyatga ega ish qandayligini bilmaysiz? Nima uchun bilmaysiz? Chunki u bilan shug‘ullanish kam harakat qilgansiz yoki o‘zingizga yaxshi quloq solmagansiz, lekin atrofdagilarga a’lo darajada tinglagansiz. Buni qanday to‘g‘rilash mumkin? Nihoyat uyingizdan chiqib, bo‘lmagan joyingizga otlanish kerak (to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarda).

IKKINCHI – bu ham aniqki, junbushga keltiradigan ishni topgansizu, lekin u orqali pul topish mumkinligini bilmaysiz. Bunday holatda bir dunyo g‘oyalarni amalda qo‘llay oladigan do‘stlaringiz va tanishlaringizga murojaat qilishingiz mumkin. Ular sizga yordam berishdan mamnun bo‘lishadi (ayniqsa, bu ish ularda birdaniga va chiroyli amalga oshishini aytsangiz).

UCHINCHI – siz bor qalb qo‘ringizni nimaga bag‘ishlashni va bunda qanday pul topishni bilasiz, lekin odamlar pul to‘lashga tayyor bo‘lgan mahoratga erishmagansiz. Bu yerda hammasi tushunarli: o‘z qobiliyatingizni rivojlantiring va ko‘nikmalarni charxlang. Bir narsani so‘rashdan oldin berishni o‘rganish kerakligini unutmang.

TO‘RTINCHI – siz qo‘rqasiz. Boshqacha yashashni istayotganingizni tan olishga qo‘rqasiz. Jamoat noroziligidan qo‘rqasiz. Qulay hududdan chiqishga qo‘rqasiz. O‘zgarishlardan qo‘rqasiz, chunki “to‘satdan o‘xshamay qolsachi” degan xayolga borasiz.

Bu og‘ir ahvoldan qutulish yo‘li bormi? Oynaga borib, chin yurakdan “Ha, men qo‘rqaman! Men qo‘rqoqman!” deb ayting. Keyin sizni kim qo‘llab-quvvatlashini tan oling (bu dastlabki vaqtda jud muhim),. Nihoyat, 50-70 yildan so‘ng, o‘lim vaqti yaqinlashib qolganida bu haqda afsus chekishingizni tasavvur qiling. To‘liq bo‘lmagan hayotda yashashganingiz, sevimli bo‘lmagan ishda ishlaganingiz, hech narsada va hech kimda hech qanday iz qoldirmaganingiz haqida o‘ylang. Agar siz buni imkkon darajada to‘liq tasavvur qilsangiz, endi yordam ham, ruhlantirish to‘g‘risida kitoblar ham kerak bo‘lmaydi.

Категория: Qiziqarli malumotlar va faktlar | Просмотров: 775 | Добавил: vodiysoz | Теги: sevimli ishda ham pul topolmaslik, xabarlar olami, super yangiliklar, ajoyib yangiliklar, pul topish siri, qiziqarli malumotlar, Foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar