17:34 Nega uyqudagi insonlarni suratga tushirish xavfli? | |
![]() Suratga olish texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlarda ularni namoyish etish, selfi qilishni taqiqlash kulguli holga o’xshaydi. Shunga qaramay suratlarni o’zgalar nazariga havola etish juda xavflidir. Nima sababdan uyqudagi insonni suratga olish mumkin emas? Suratda inson haqidagi barcha ma’lumot bo’ladi.
Uyqu vaqtida inson himoyasiz, ochiq va ojiz holda bo’ladi. Bu holatda suratga olish, uxlayotgan insonni tashqi olamlarning salbiy energetikasining to’g’ridan-to’g’ri ta’sir doirasiga tushib qolishiga sabab bo’ladi. Sizni suratga olayotgan inson, bu ishni nima maqsadda qilayotganini bilmaysizku? Ko’ra olmaslik, rashq, sizga nisbatan bo’lgan g’azab suratga olayotgan insonda yo’qligiga kim kafolat bo’la oladi. Ruhiy dunyo mavjud bo’lib, yomon niyatli insonlar sizning sirlaringizni va orzularingizni surat orqali bilib olish imkonlari juda yuqoridir. Hushyorroq bo’ling. Inson uyquda himoyasiz holda bo’lishini unutmang. Ko’pgina folbinlar va ekstrasenslar sizga shikast yetkazish uchun suratdan foydalanadilar. Ular oddiy suratlardan ham foydalanishlari mumkin, lekin uyqudagi suratingiz ularning sizga bo’lgan ta’sirlarini kuchaytiradi. Agar suratlaringizni tarmoqlarga qo’ymoqchi bo’lsangiz, yorqin va nurli bo’lgan suratlaringizni qo’yganingiz ma’qulroqdir. Ko’nglingizga yaqin bo’lgan va xonangizga qo’ygan suratlaringizni aslo tarmoqlarga qo’ymang. Shu bilan bir qatorda uyqudagi insonni baqirib yoki qo’rqitib o’rnidan turgazish ham juda xavfli hisoblanadi. Bu holatda u uyqudan uyg’onganda duduqlanadigan yoki undan ham og’irrog’i infarkt yoki insultga duchor bo’lishi mumkin. Tasavvur qiling, kimdir uyqudaligida uni yorqin yorug’likda suratga olish mahalida uyg’onib, nima bo’layotganini tushunmasdan qattiq qo’rquvga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. | |
|
Всего комментариев: 0 | |