Главная » 2016 » Апрель » 30 » Nonushtaga Kartoshkali rulet (ayollar oshxonasi)
16:12
Nonushtaga Kartoshkali rulet (ayollar oshxonasi)

MASALLIQLAR

kartoshka - 6 dona 

piyoz - 1 dona

kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq 

un - 1 osh qoshiq 

tuxum - 1 dona 

pishloq - 200 gr 

mayonez - 2 osh qoshiq 

mol go'shti qiymasi - 400 gr

TAYYORLASH USULI

Kartoshkalarni artib, qaynatib, pishirib olamiz. Tog'ralgan piyoz bilan qiymani qovurib olamiz va ta'bga ko'ra tuz solamiz. Pishgan kartoshkalarni pyure xoliga keltirib, un, tuxum, tuz, murch va mayonezlarni solib, aralashtiramiz. Pyureni yog'langan qog'ozga yoyib chiqamiz va rasmda ko'rsatilgandk ustidan qiymani solamiz. Qog'ozni ikki yonidan buklab pyureni ikki tarafini bir-biriga yopishtiramiz. Rulet ustiga mayonez surtib, duxovkada 200 C darajada 20 daqiqa yoki usti qizarguncha pishiramiz.

1. Kartoshkalarni artib, qaynatib, pishirib olamiz.
2. Tog'ralgan piyoz bilan qiymani qovurib olamiz va ta'bga ko'ra tuz solamiz.
3. Pishgan kartoshkalarni pyure xoliga keltirib, un, tuxum, tuz, murch va mayonezlarni solib, aralashtiramiz.
4. Pyureni yog'langan qog'ozga yoyib chiqamiz va rasmda ko'rsatilgandek ustidan qiymani solamiz.
5. Qog'ozni ikki yonidan buklab pyureni ikki tarafini bir-biriga yopishtiramiz. Rulet ustiga mayonez surtib, duxovkada 200 C darajada usti qizarguncha pishiramiz.

Категория: Ayollar oshxonasi - Pazandalik sirlari | Просмотров: 746 | Добавил: vodiysoz | Теги: yangi xabarlar, rulet tayyorlash, ayollar oshxonasi, pishiriqlar, taomnoma, retseptlar, Yangiliklar, pishiriq tayyorlaymiz, pazandalik sirlari, voynav | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar