13:47 O‘zbekda or bor… | |
![]() Rioda bo‘lib o‘tgan olimpiada hamyurtlarimiz mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qildilar va qator medallarni davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga tuhfa qildilar. Bu borada juda ko‘p gapirish mumkin ammo bugun biz O‘zbekning ori hamda erkin kurashning bronza uchun jangda Ixtiyor Navro‘zov bilan bo‘lgan xodisa haqida suhbatlashamiz! O‘zbekda or bor… G‘alaba qozonayotgan bo‘lsa ham oldinga qarab intiladi. Vaqtni cho‘zib o‘tirmaydi. Soat daqiqalariga qarab “Ozgina chidab bersam kifoya. Medal kaminaniki” – demaydi. Chunki, u O‘ZBYeK! O‘ziga bek xalqning ishongan farzandlaridan. Biz fikr bildirayotgan baxsni ko‘rganlar yaxshi bir komedianing guvohi bo‘lishdi deb ayta olaman. Dastlab, hakamlarga o‘z e’tirozi bilan chiqqan o‘zbek murabbiysi ogohlantirish oldi. Zero, ana o‘sha vaziyatda u o‘z haqqini talab qilib chiqqan va u haq edi! G‘alabani o‘zicha naqd qilib olgan raqib ochiqchasiga jangdan qochdi. Sichqon-mushuk o‘ynamoqchi bo‘ldi. Ammo bizning vakillar mushuk emas ShYeR ekanini unutgan shekilli. Raqib Ixtiyordan emas, oridan, Vatani sha’nidan, bronza medalidan qochayotganini bilmasdi. Yaxshiki, hakamlar o‘zlarining xatolarini to‘g‘irladilar. Agar mazkur baxsda g‘alaba hamyurtimizga emas “qochoq” sportchiga berilganda shaxsan menga juda qattiq alam qilardi. Negaki, raqibdan qochgan kurashchi g‘olib emas! Eng achinarlisi, shogirdining qilgan ishidan uyalish o‘rniga gilamga chiqib olib tomosha ko‘rsatgan murabbiylarning ahvolini ko‘rib kulishniyam, kuyishniyam bilmaysan! O‘zbekda uyat bor… Andisha bor… Necha minglab odamlar qarshisida hakamlarga e’tiroz bildirayotgan murabbiyning qilgan ishidan uyalmagani, yechinib olib o‘z e’tirozini bildirgani keng jamoatchilikning muhokamalariga sababchi bo‘ldi. E’tirozing bo‘lsa to‘g‘rilikcha bildirsang bo‘ladiku, sharmanda bo‘lmasdan. O‘zi bu yoqda shogirding jangini qochib o‘tkazgan bo‘lsa. Xullas O‘zbek – O‘ZBYeK! Unga ortiqcha ta’rif-u tfasniflar shart emas. O‘zimdan, o‘zligimdan, o‘zbekligimdan aylanay! G‘alabalar muborak! Abduvali Qurbonov Manba: mulohaza.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |