04:07 O’zbeknavo: «Xonanda Tamila endi sahnaga hech qachon qayta olmaydi» | |
![]() Xonanda Tamila behayo videolari sabab endi sahnaga hech qachon qayta olmaydi. Bu haqda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori Farhod Jo‘rayev «Podrobno. uz» saytiga shunday bayonot bergan: «Tamila hech qachon litsenziyasini qaytarib ololmaydi, negaligini o‘zingiz yaxshi bilasiz». Eslatib o‘tamiz, yil boshida juda ochiq-sochiq holatda tushgan va ko‘chaga yalang‘och yugurib chiqqan videolari tarqalgani bois Tamila «O‘zbeknavo» birlashmasi tomonidan litsenziyasidan mahrum etilgandi. Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda xonanda bilan suhbatlashib ko‘rgach, litsenziyasini qaytarib berish fikridan qaytgan va Tamilaga shifokorga uchrashishni tavsiya qilgan. — Menimcha uning bolaligida narsissizm bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lib, bu uning qarashlariga qattiq ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Tamila yaxshisi, sahnaga emas, ruhshunosga chiqishi kerak, — deya qo‘shimcha qildi «O‘zbeknavo» rahbari. 2015 yilda «O‘zbeknavo» Tamilaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuziga pirsing taqib olgan suratlari uchun litsenzisidan mahrum qilgandi. Noyabr oyida esa professional karerasini davom ettirishga ruxsat berilgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |