Главная » 2016 » Июль » 2 » O‘zimiz haqimizda...
13:09
O‘zimiz haqimizda...
  1. Sog‘lom odam bir daqiqada 5-9 litr havoni “iste’mol qiladi”.

  2. Odamdagi eritrotsitlar – qizil qon tanachalarini bir qatorga terishga erishilganda, Yer shari ekvatorini uch marta aylantirib o‘rash mumkin bo‘lardi.

  3. Odam tanasida 100-160 milliard qiltomir bo‘ladi. Agar ularni bir chiziqqa tortilsa 60-80 ming kilometrga yetadi.

  4. Odamning katta arteriyasi (qizil qon tomiri) 20 atmosferali bosimga bardosh bera oladi.

  5. Qadimgi Yunonistonda odamlarning o‘rtacha yoshi 29 ni, Yevropada XVI asrda 21 ni, XVII asrda 26 ni, XVIII asrda 34 ni, XX asr boshida 50 ni, XX asr o‘rtasida 70 ni, XX asr so‘ngida esa 60 ni tashkil etgan.

  6. Tish emal-qoplamasi qattiqlik borasida kvarts-chaqmoqtoshdan qolishmaydi. Agar unga shamshir urib ko‘rilsa, dami qaytishi hech gap emas.

  7. Bosh miya bo‘limlaridagi tomirlarda ro‘y bergan tiqilish yoki yorilish nerv hujayralarining o‘lishiga olib keladi. Ularning vazifasini qolgan sog‘lom hujayralar qisman eplay oladi, xolos.
  8. Odam o‘rtacha umri davomida taxminan 2,5 tonna oqsil, 1,3 tonna yog‘, 17,5 tonna uglevod va 75 tonna suv iste’mol qiladi.

  9. Odam tanasida 3 kilogrammgacha mineral tuz bo‘ladi, bu tuzning 5/6 oltidan besh qismi skelet tarkibida. Voyaga yetgan kishi organizmida 300 gramga yaqin osh tuzi bo‘ladi.

  10. 15 gramm adrenalin (buyrak usti mag‘iz qavatining gormoni) butun yer yuzidagi odamlarga yetib-ortadi.

  11. Bir sutkada odamdan chiqqan issiqlikka 33 litr muzday suvni qaynatish mumkin.

  12. Terining bir kvadrat santimetrida 100 ta og‘riq sezuvchi nuqta mavjud, butun yuza bo‘ylab esa ular millionga yaqin.

  13. Bosh miya katta yarimsharining 1 kub millimetr qobig‘ida 30 mingga yaqin neyron bor. Ularning har biri boshqa neyronlarning 2-5 mingtasi bilan aloqada bo‘ladi.

  14. Agar bir daqiqada odam eritrotsitlarining 100 tasini sanashga ulgurilsa, ularning barchasini sanab chiqish uchun 450 yil kerak bo‘ladi.

  15. Ilik bir kunda 320 milliard eritrotsit ishlab chiqaradi.

  16. Ilikda, taloq va limfa tugunlarida paydo bo‘ladigan leykotsitlar – oq qon tanachalari bor-yo‘g‘i 4-5 yil yashaydi, xolos.

  17. Qonda ba’zi moddalarning doimiy tarkibi bor. Xususan, oqsil – 5-8 %, qand – 0,07-0,12 %, tuzlarning umumiy miqdori – 9,9 %.

  18. Voyaga yetgan kishida to‘liq qon aylanishi 20-28 soniyaa amalga oshadi. Bu ko‘rsatkich yosh bolalarda – 15 soniyani, o‘smirlarda esa – 18 soniyani tashkil etadi. Bir sutkada qon tanani 1,5-2 ming marta aylanib chiqadi.

  19. Yurak og‘irligi tana massasining 1/200 (ikki yuzdan bir) qismini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan yurakni oziqlantirish uchun energetik resurslarning 1/20 (yigirmadan bir) ulushi sarflanib yuboriladi. Chunki yurak muskullaridagi modda almashinuvi boshqa organlaridagidan ko‘ra 10-20 marta shiddatliroq kechadi.

  20. Odam nafas oladigan havodagi karbonat angidrid atmosferadagidan 10 marta ko‘proq.

  21. Har daqiqada miya tomirlaridan 3/4 (to‘rtdan uch) litr qon oqib o‘tadi. Yarimshardagi tomirlarning umumiy uzunligi 560 kilometrni tashkil etadi.

  22. Bir daqiqada o‘pkadan 1,5 litr, butun sutka davomida esa – 2000 litrgacha qon “oqib o‘tadi”.

  23. Odam tanasida oqsil yo‘q bo‘lgan joyning o‘zi yo‘q. U qon va mushaklarda umumiy massaning 1/5 (beshdan bir), miyada 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismini tashkil etadi. Hatto tish emalida ham mavjud – uning 1/100 (yuzdan biri) oqsildan iborat. U turli organlarning quruq moddalari tarkibida 45-85 foizni tashkil etadi.

  24. Tanamizdagi barcha oqsillarning yarmi 180 kun mobaynida yangilanadi, jigardagilari esa 17-20 kunda.

  25. Odam bosh miya kataklarining 80 foizini, muskullarning 76 foizini, suyuklarning esa qariyb 25 foizini suv tashkil etadi.

  26. Odam sochi sovun ko‘pigidan 5000 marta, kapillyardan 5 marta, o‘rgimchak tolasidan 20 marta yo‘g‘on bo‘ladi.

  27.  

  28. Ruschadan Orifjon Madvaliyev tarjimasi





  29.  
  30.  
  31.  
  32.  
Категория: Qiziqarli malumotlar va faktlar | Просмотров: 915 | Добавил: vodiysoz | Теги: inson haqida malumot, antiqa qiziq malumotlar, super malumotlar odam haqida faktla, qiziqarli malumotlar | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar