21:49 O‘zimizni yaxshi ko‘ra boshlashimiz uchun 7 qadam | |
![]() Baxt nima ekanligini to‘liq his etish uchun o‘zimizni hurmat qilish va yaxshi ko‘rishni o‘rganishimiz kerak. Quyidagi 7 ta oddiy maslahat o‘zingizni yaxshi ko‘rish borasida biroz ilgarilashga yordam beradi.
Hazil yoki kinoya ma’nosida ham o‘zingiz haqingizda yomon gaplarni gapirmang. «Qanaqa esi pastman-a, hamyonni uyda qoldiribman», «Buncha noshudman-a, idishni sindirib qo‘ydim». Biz tez-tez yuqoridagi kabi jumlalarni takrorlab turamiz. Biroq ong ostimiz uni ayni haqiqat sifatida qabul qilishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Ong ostiga hazil tuyg‘usi xos emas, shuning uchun u barchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiladi. Shu sababdan o‘zingizga nisbatan bahongizni tushurmaslik uchun o‘zingizni yomonlashdan tilingizni tiying.
Biz o‘zimizni tanqid qilishni xush ko‘ramiz. Ayniqsa, oynaga qaragan paytlarda. Yaxshisi diqqat-e’tiborimizni ustun jihatlarimizga qarataylik. Masalan, sochlarim siyrak, lekin mayin va chiroyli ko‘rinadi… Tanqid qilish odatini butunlay tashlaguncha, har bir tanqidiy qarash uchun bitta afzallikni topishni o‘rganing.
Har kuni kechqurun kun davomida qilgan yaxshi ishlaringiz uchun o‘zingizni maqtab qo‘ying. Hattoki, kichik ishlar va yutuqlar uchun ham. Maqtov natijasida o‘zingizga nisbatan beradigan bahongiz ham ortib boradi.
Kun davomida faqat o‘zingiz uchun ajratishingiz mumkin bo‘lgan vaqt toping, hech bo‘lmaganda 20 daqiqa. Buning natijasida kayfiyatingiz sezilarli darajada ko‘tarilganligini payqaysiz.
Bu ko‘p pul sarflash kerakligini anglatmaydi. Oz-ozdan bo‘lsa-da, muntazam pul ajrating. Siz bunga loyiqsiz!
Teringizni parvarish qiling, manikyur, pedikyur va sartarosh xizmatidan foydalaning. O‘ziga qaragan ayol o‘zini doim go‘zal his qilishini unutmang!
Bu biror ish yoki sevimli mashg‘ulot – xobbi bo‘lishi mumkin. O‘zingizga yoqqan soha yoki yo‘nalishda o‘z imkoniyatlaringizni ro‘yobga chiqaring. Bu o‘zingizga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiradi. O‘zingizni yaxshi ko‘ra boshlashingiz bilan atrofdagilarning ham sizga bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi! Maqolani tayyorlashda, «Ya Happy mama» sayti ma’lumotlaridan foydalanildi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |