Главная » 2016 » Май » 27 » Og‘riqni dorisiz yengamiz!
19:41
Og‘riqni dorisiz yengamiz!

BOSh OG’RIGANDA
Ko‘pchilik bosh og‘rig‘iga chidash qiyinligini ta’kidlaydi. Ammo bu to‘g‘ri emas. Siz og‘riq qoldiruvchi dori ichish bilan organizmning shaxsiy og‘riq qoldiruvchi vositasi – prostaglandinlar ishlab chiqarilishiga halaqit berasiz. Bu moddalar bo‘shashtiruvchi ta’sir qiladi va mustaqil ravishda muammoni hal etishga ko‘maklashishi mumkin.
— Demak, bosh og‘rig‘iga qarshi kurashning eng odidy usuli- shunchaki ko‘zlarni yopish, badanni bo‘shashtirish va 10-15daqiqa kutishdir. Bu usul ko‘pchilik hollarda samara beradi.
— Agar bosh “migren” kasalligi oqibatida og‘risa, holatni yengillashtirishga qorong‘ilik va tinch yotish yordam beradi. Uxlashga harakat qiling: bu kasallikda eng yaxshi davo uyqudir.
— Bu holatda boshni uqalash ham foyda beradi. Boshni yengil harakatlar bilan peshonadan bo‘yinga qarata uqalang. Keyin chakkalaridan pastga – quloqlar tomon tushing va bosh tepasidan bo‘yinga qarata harakatlantiring, so‘ng bo‘yin atrofini uqalang.
Tez-tez migren xuruj qilaversa, V2 vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu vitamin jigar, sut, na’matak damlamasi, ismaloq, o‘rik, to‘q yashil tusli bargli sabzavotlar, pomidor va karamda mavjud bo‘ladi.
UMURTQA VA BO’YIN:
-Yaqinlaringizning birortasidan yelkalaringiz va bo‘yningizni uqalashini so‘rang- yallig‘langan joyga qon oqib kelishi kuchaysa, og‘riq tezroq qoladi. Nuqtali uqalashni ham sinab ko‘rish mumkin: og‘riyotgan nuqtani toping, barmoqlaringizning uchi bilan uni bosing va shu holatda 2-3 ushlab turing.
— Zaytun yog‘iga bir necha tomchi rozmarining efir moyini tomizing va og‘riyotgan joyga surting. Ko‘pincha bir vaziyatni o‘zgartirmay o‘tirib ishlaganda, bo‘yin mushaklari zo‘riqishi oqibatida, og‘riq paydo bo‘ladi. Ayniqsa, kompyuter yonida ko‘p o‘tiradigan odamlar ko‘proq aziyat chekishadi. Bu og‘riqni yo‘qotish uchun ish orasida ozgina tanaffus qilib turish va mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarib turish lozim.
Bo‘yin yoki orqadagi og‘riq organizmda qandaydir buzilish borligidan darak berishini unutmang. Og‘riq jiddiy xastaliklar- umurtqa, mushaklar apparatining shikastlanishi, asab tizimi kasalliklari, ichki a’zolar ichidagi buzilishlardan darak berishi mumkin…Shu tufayli og‘riq sababini bartaraf etish uchun mutaxassisga uchrashishni kechiktirmang.
ILIQ BOG’LAMA
Quloqdagi og‘riqning bosish maqsadida
— Yotmang, balki o‘tirishga harakat qiling-yotgan holatda og‘riq battar kuchayadi.
— Agar quloqdan ajralma chiqmayotgan bo‘lsa, bog‘lama qo‘ying: sochiqni ilim (ammo qaynoq emas) suvda xo‘llang va uni og‘riyotgan quloqqa 10-15 daqiqa bosing. Bu muolajani har 2 soatda takrorlang.
— Dog‘lanmagan paxta yog‘ini ilitib, paxtali pilikka shimdiring va uni quloq teshigiga joylab qo‘ying. Ustidan quruq paxta bosib, qalinroq ro‘mol yoki sochiq bilan bog‘lang.
BO’G’INLAR ZIRQIRAGANDA
Bo‘g‘inlarda to‘satdan og‘riq tursa, uni yo‘qotishga sovuq yordamlashadi.
— Rezina graelkaga sovuq suv to‘ldiring va uni og‘riyotgan bo‘g‘inga 15 daqiqa bosing – zirqirayotgan og‘riq yo‘qoladi.
— Og‘riyotgan bo‘g‘inga karam bargi qo‘yib, uni har 2 soatda almashtirib turing. Bo‘g‘indagi og‘riq 2 haftadan oshiq bezovta qilsa va hech qanday vositalar uni yengillashtirishga yordam bermasa, o0riyotgan joy qizaran yoki shishgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorag murojaat qiling.
MUShAKLARNI TINChLANTIRING!
Mushaklardagi og‘riq qizg‘in jismoniy yuklama, uzoq vaqt noqulay vaziyatda bo‘lish yoki sovqotish oqibatida yuz berayotgan bo‘lishi mumkin, bunda sizga faqat issiqlik va gimnastika yordam beradi.
— Iliq vanna qabul qiling. U qon aylanishini kuchaytiradi va og‘riq bosiladi.
— Stul yoki kresloda o‘tirgancha, to og‘riq bosilguniga qadar tanangizni chap va o‘ng tomonga aylantiring. Shunaqa holatda taxminan 90 soniya o‘tiring, keyin asta-sekin tanangizni bo‘shashtiring va mushaklaringizni asta-sekinlik bilan dastlabki holatiga qaytaring.
— Mushaklar kaliy yetishmasligi oqibatida ham og‘rishi mumkin. Yong‘oqlar, banan, loviya, ko‘katlar va yirik tortilgan uedan yopilgan nonbo‘lsin, chunki ularning tarkibi kaliyga boy.

Категория: Salomatlik sirlari - Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 930 | Добавил: vodiysoz | Теги: bosh og'riganda nima qilish kerak, salomatlik sirlari, ajoyib yangiliklar, bosh ogrigi, bosh og'rig'ini yuqotish, qiziqarli malumotlar, bosh tuzatamiz | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar