Главная » 2016 » Май » 28 » Oltinga teng 40 ta zo'r maslahatlar
09:52
Oltinga teng 40 ta zo'r maslahatlar

1. Ko‘proq suv iste’mol qiling;

2. Nonushtangiz hukmdornikidek, tushligingiz shahzodanikidek, kechki taomingiz faqirlarniki kabi bo‘lsin;

3. O’simlik va daraxt (ya’ni, tabiiy) mahsulotlarini ko‘proq, zavod va fabrikalardan chiqqan mahsulotlarni kamroq yeng; 
 

4. “E” – larning hayotingizdagi o‘rnini oshiring: Energiya, Entuziazm (intilish) va E’tibor.

5. Ibodatga vaqt ajrating;

6. O’yin o‘ynab turishni ham unutmang;

7. 2014 yildagidan ko‘proq kitob o‘qing;

8. Har kuni kamida 10 daqiqa sukut saqlab o‘tiring;

9. Bir sutkada 7 soat uxlang;

10. Har kuni 10-30 daqiqalik sayrga odatlaning. Sayr davomida jilmaying;

Shaxsiyatingizga doir:

11. Hayotingizni o‘zgalarniki bilan solishtirmang, zero, Siz ularning hayoti aslida qandayligidan bexabarsiz;

12. Tizginsiz, yomon o‘y-xayollarga berilmang. Uning o‘rniga quvvatingizni buguningiz ravnaqiga bag‘ishlang;

13. Me’yordan ortiq ishlamang. Chegarani biling;

14. O’ta jiddiylashmang;

15. Bebaho quvvatingizni g‘iybatga sarflamang;

16. Tasavvurlaringizga erk bering;

17. Hasad – umr zavoli. Siz o‘zingizga kerakli hamma narsaga egasiz;

18. O’tmishdagi qilmishlarni unuting. Juftingizga hadeb qilgan xatolarini eslatavermang. Bu – baxtingizga darz yetkazadi;

19. Hayot boshqalardan nafratlanish uchun qisqalik qiladi. O’zgalardan nafratlanmang;

20. Tarixingizni tinch qo‘ying, shunda u buguningizni zaharlamaydi;

21. Baxtingizga Sizdan o‘zgasi ega chiqolmaydi;

22. Hayotni maktab, o‘zingizni tolibi ilm deb tasavvur qiling. Muammolar yechilishi lozim bo‘lgan tenglamalardir, xuddi algebra darsida bo‘lganidek. Lekin bundagi saboq umr oxirigacha davom etadi;

23. Ko‘proq tabassum qiling;

24. Unutmang: har bir bahsda g‘olib bo‘lishingiz shart emas. Taslim bo‘lishni o‘rganing;

Jamiyatda:

25. Oilangizga tez-tez qo‘ng‘iroq qiling;

26. Har kuni atrofingizdagilarga qandaydir yaxshi narsa bera oling;

27. Har qanday insonni kechiring;

28. 70 yoshdan ulug‘ va 6 yoshdan kichiklar bilan suhbatlashib turing;

29. Har kuni kamida 3 insonni jilmayishga majbur qiling;

30. Boshqalarning Siz haqingizda qanday o‘ylashlari Sizning ishingiz emas;

31. Xastalansangiz, ishingiz holingizdan xabar olmaydi;

Hayotda:

32. Durust ish qiling;

33. Foydasiz, bema’ni va zavqsiz har qanday narsadan voz keching;

34. Har qanday mushkulni Alloh o‘nglaydi;

35. Yaxshimi, yomonmi, vaziyat baribir o‘zgaradi;

36. Qanday kayfiyatda bo‘lmang: o‘rningizdan turing, kiyining va o‘zingizni namoyon qiling;

37. Eng yaxshilari hali oldinda;

38. Tongda uyg‘ondingizmi, buning uchun Xudoga shukr qiling;

39. Siz aslida baxtli insonsiz, shuning uchun xursand bo‘ling;

40. Yuqoridagilarni yaqinlaringizga ham yetkazing.

Категория: Foydali maslahatlar/Kerakli maslahatlar | Просмотров: 981 | Добавил: vodiysoz | Теги: 40 ta zo'r maslahat, super maslahatlar, yangilikllar olami, qiziqarli maslahatlar, kerakli maslahatlar, Foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/22
Всего комментариев: 0
avatar