06:50 Pardoz vositalarining haqiqiy yaroqlilik muddati | |
![]() Har birimiz oz miqdorda bo‘lsa-da kosmetika vositalaridan foydalanamiz. Kimdir faqat yengil pudra va kipriklar uchun tushdan foydalansa, yana kimdir har kuni pardoz vositalaridan to‘liq foydalanadi. Biroq odatda barchamiz ularning yaroqlilik muddati haqida unutib qo‘yamiz. Shunda ba’zi kosmetika vositalari pardoz anjomlari saqlanadigan qutida uzoq vaqt davomida turib qoladi. Biroq bunday vositalardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki gap sizning go‘zalligingiz va teri salomatligi haqida bormoqda. Shuning uchun kosmetika vositalarining aslida yaroqlilik muddati qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Barcha suvli asosdagi vositalar kabi ular ham sizga 1 yildan ortiq xizmat qila olmaydi. Aks holda suv muhitida turli mikroblar tez rivojlanganligi uchun teringiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlashi mumkin.
Undan atigi 3 oy davomida foydalanish mumkin. Shundan so‘ng ularda bakteriyalar paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa turli teri xastaliklari, shuningdek, ko‘z kasalliklarini chaqirishi mumkin.
Qovoq uchun mo‘ljallangan kremli tenlardan 12 oydan 18 oygacha foydalanish mumkin. Aks holda yuzingizning ushbu nozik hududi qarishini tezlashtirasiz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |